Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

Sanshesh "Milan"ni rad etdi

Sanshesh "Milan"ni rad etdi

Baho:
+ | -

"Lill"ning portugaliyalik futbolchisi Renatu Sanshesh yozda "PSJ"ga o‘tishga qaror qildi, deb xabar beradi Le Parisen.

"Bavariya" va "Benfika"ning sobiq futbolchisi tez orada "PSJ" bosh murabbiyligiga tayinlanadigan Kristof Galtye boshchiligida yana o‘ynashni orzu qiladi.

Dastlab "Lill" "Milan"dan Portugaliya terma jamoasi futbolchisining transferi bo‘yicha 15 million evro miqdoridagi taklifni qabul qilgan, ammo keyin "PSJ"ning qiziqishidan xabar topgan jamoa "Milan"dan 30 million yevro so‘ray boshlashgan.

"PSJ" "Lill" bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga yetadigan Sanshesh uchun 10 million yevro taklif qildi. Agar jamoa futbolchini hozir sotishni istamasa, "PSJ" bir yil kutishga va uni tekinga o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.

Renatuning o‘zi "Milan"ning taklifini rad etdi.

Kiritildi: 00:08, 29.06.2022.
O'qildi: 1995 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик