Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 0-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Akmal Xoliqov: «So‘g‘diyona» sun’iy maydonda o‘ynab, charchab qolgandir»

Akmal Xoliqov: «So‘g‘diyona» sun’iy maydonda o‘ynab, charchab qolgandir»

Baho:
+ | -

Coca Cola Superligasining 13-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" – "Qizilqum" qoldirilgan uchrashuvidan (0:3) so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida navoiyliklar yordamchi murabbiyi Akmal Xoliqov qatnashdi.

— O‘yin haqidagi fikrlaringiz qanday?
— Avvalo, "So‘g‘diyona" klubini OFK kubogida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilgani bilan tabriklayman. Ikki jamoa o‘yinchilari ham bugun ajoyib o‘yin ko‘rsatishdi. Bugungi uchrashuv AGMK va "Navbahor" o‘rtasidagi o‘yindan sira qolishmadi. Ikki jamoa o‘yinchilari va stadionga kelgan muxlislarga rahmat aytaman. "Qizilqum" futbolchilari murabbiylar tomonidan berilgan barcha ko‘rsatmalarni a’lo darajada bajarishdi. Bugun haqli g‘alabaga erishdik.

— O‘yindan avval yirik hisob qayd etilishini kutganmidingiz?
— O‘yindan oldin "So‘g‘diyona" uyda agressiv ko‘rsatishini bilardik. Jizzaxliklar OFK Kubogida sun’iy maydonda o‘ynashdi. Balki shu sabab ham ularda charchoq a’lomatlari sezilgandir. Ammo bunday yirik hisob qayd etilishini kutmagandik. Biz himoyaviy taktikani tanlab, qarshi hujumlardan foydalanishga harakat qildik va yirik g‘alabaga erishdik. Navoiydan kelib, jamoamizni qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislarga rahmat deb qolamiz.

Manba: https://t.me/PFC_Qizilqum
Kiritildi: 22:59, 05.07.2022.
O'qildi: 1303 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик