Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Shaxmat-2022. O‘zbekiston Armanistonni taslim etib, yaqqol peshqadamga aylandi

Shaxmat-2022. O‘zbekiston Armanistonni taslim etib, yaqqol peshqadamga aylandi

Baho:
+ | -

Hindistonning Chennay shahrida Butunjahon shaxmat Olimpiadasida bugun 9-tur o‘yinlari o‘tkazildi. O‘zbekison erkaklar terma jamoasi musobaqa peshqadami Armanistonga qarshi bahsda ishtirok etib, ishonchli tarzda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.

Vakillarimizdan Javohir Sindarov va Jahongir Vohidov chiroyli g‘alabaga erishishgan bo‘lsa, Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yoqubboyev durangga imzo chekdi. Yakuniy hisob: O‘zbekiston — Armaniston - 3:1.

Ushbu g‘alabadan keyin O‘zbekiston terma jamoasi o‘z ochkolarini 16taga yetkazib, yaqqol peshqadamga aylandi. Boisi, Hindistonning ikkinchi jamoasi bugun ochko yo‘qotdi (Ozarboyjon bilan durang o‘ynadi).

Jahon olimpiadasi yakunlanishiga 2 tur qoldi. Demak, yana 2ta g‘alaba O‘zbekistonni oltin medallarga olib keladi.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi bugun Isroilga qarshi dona surib, 1,5 : 2,5 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:01, 07.08.2022.
O'qildi: 3304 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик