Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Jovanni Elber: «Endi og‘riq yo‘q, oilam tinch, demak, hayot go‘zal»

Jovanni Elber: «Endi og‘riq yo‘q, oilam tinch, demak, hayot go‘zal»

Baho:
+ | -

Yaqin o‘tmishning eng nomdor to‘purarlaridan biri, sanoqsiz chiroyli gollari bilan muxlislar yoqimtoyiga aylangan «Bavariya»ning braziliyalik sobiq hujumchisi Jovanni Elber de Souza 23 iyul kuni 50 yoshga to‘ldi.

Yubilyar xuddi o‘sha oqshom mavsumoldi yig‘inini AQSHda tashkillashtirgan «Bavariya» safida «Manchester Siti»ga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga ham tushdi. Germaniya superklubi rasmiy sayti esa o‘yin arafasida afsonaviy hujumchini yubiley bilan qutlab, undan intervyu olishga ham ulgurdi.

- Jovanni, tug‘ilgan kuningiz bilan! Bugun 50 yoshga to‘ldingiz, yubileyni qanday nishonlaysiz?

- Keng miqyosda bayram tashkil etish imkoni yo‘q, axir «Bavariya»ni oldinda «Manchester Siti» bilan o‘yin kutmoqda. Uchrashuv tugashi bilan samolyotda Myunxenga jo‘nayman, do‘stlarim bilan uchrashuv belgilangan. Agar Braziliyaga vaqtida qaytishga ulgursam, yubileyni alohida nishonlayman, albatta.

- «Bavariya»ning AQSH turnesi davomida muxlislar bilan ko‘p muloqotga kirishdingiz, tadbirlarda chiroyli muhit yaratdingiz. Hayotga qiziqishni bir me’yorda saqlab qolganingiz siri bormi?

- Tabiatan o‘zimni shunday tutishga moyilman. Meni butun dunyoga tanitgan klubga xizmat ko‘rsatishim juda muhim. Mana, kecha ham bir guruh muxlislar bilan uchrashdim, ularga dastxat ulashdim. Ochig‘i, bu juda yoqimli ish...

- Demak, Elberni AQSH ko‘chalarida ham tanishadi?

- Ajablanarli, lekin shunday! Aslida fanatlar qurshoviga tushishni sira o‘ylamagandim, axir biz o‘ynagan davrda futbol bu yerda uncha ommalashmagandi. Shunga qaramay, ko‘rdimki, AQSHda ham muxlislarimiz ko‘p. Vashingtondagi mehmonxona oldida to‘plangan fanatlarni ko‘rib, biroz hayratlandim ham. Demak, AQSHda futbol asta-sekin ommalashmoqda.

- O‘zingiz uchun mazkur turneda kuzatilgan eng muhim voqelik...

- «Oq uy»ga tashrif. Tushunarliki, u yerga kirish imkoniyati hammaga ham nasib qilavermaydi. Qarangki, «Bavariya» delegasiyasini saroyga chaqirishdi. Esda qoladigan voqea - tug‘ilgan kunimga munosib sovg‘a!

- Hayotingizning navbatdagi yili uchun qanday orzular bor?

- Hammasi oddiy - sog‘lom holda oldingidek yashashni xohlayman. Umrim davomida deyarli hammasini to‘g‘ri bajardim. Albatta, xatolar ham yo‘q emas, lekin ularni o‘z o‘rnida unutishingiz va qayta takrorlamasligingiz muhim. Xatolar xulosa chiqarish uchun kerak. Umuman, hozir hayotdan zavqlanib yashaydigan yoshdaman. Ertalab uy­qudan tursam, og‘riq yo‘q, oilam tinch. Shunda o‘zimga pichirlayman: «Hayot naqadar go‘zal!»

- «Bavariya»ga birinchi navbatda, nima tilagan bo‘lardingiz?

- Albatta, muvaffaqiyat. Klub hamisha yaxshi o‘ynagani va ko‘p sovrin yutgani bilan ajralib turadi. Tilagim bitta - «Bavariya» sovrin to‘plashdan aslo to‘xtamasin!

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:45, 08.08.2022.
O'qildi: 2304 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик