Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Frenk Lempardning "Chelsi"dan ketishiga nima sabab bo‘lgan edi? Mutaxassisning o‘zi bunga izoh berdi

Frenk Lempardning "Chelsi"dan ketishiga nima sabab bo‘lgan edi? Mutaxassisning o‘zi bunga izoh berdi

Baho:
+ | -

"Chelsi" tarixidagi eng yaxshi to‘purar futbolchi 2019 yilda jamoa bosh murabbiyligiga saylanadi. Ammo uning davri uzoqqa cho‘zilmaydi. Lempard jamoaga kelganida klub tranfserlar taqiqini olgan, futbolchilar ichida eng yaxshisi sanalgan Eden Azar esa jamoadan ketgandi. Lempard esa nisbatan yosh futbolchilar bilan ishlashga majbur bo‘ladi. Shunga qaramay Lempard ilk mavsumidayoq APLda kuchli to‘rtlikka kiradi, mamlakat kubogida finalgacha yetib boradi. Ammo yangi mavsum ancha qiyin kechdi. Jamoa muammolar girdobida qoladi. Shu sababli Lempard 2021 yilning yanvarida iste’foga chiqarilgan edi. Bu haqida uning o‘zi shunday degandi:

"Men "Chelsi"dagi so‘nggi davrimda klubdagi muhim insonlar, boshqaruvdagilar bilan aloqani yo‘qotib qo‘ygandim. Ammo bu aloqani tiklashga harakat qilishim kerak edi. Chunki keyinchalik mana shu oradagi bo‘shliq muammoga aylana boshladi. Klub faqat mening aybim bilan omadsizlikka uchramagan, albatta. U yerda ikkinchi tomonni ham mas’uliyati bo‘lgan. Chunki har qanday murabbiyga avvalo, qo‘llov kerak. Bu narsa uzoq davom etadigan bo‘lsa, keyinchalik kimdir aybdorga aylanadi. Futbol shavfqatsiz va buni qabul qilish kerak. Siz rahbariyatga ishonganingiz kabi, ular ham sizga qo‘llov bera olishi kerak.

Keling, "Liverpul" va "Manchester Siti"ni eslaylik. Masalan, Yurgen Kloppning APLdagi ilk yili yoki Gvardiola dastlab duch kelgan muammolar... Hammada bo‘ladi. Chunki hech kim mukammal emas. Ish bor joyda kamchilik ham bisyor. Ammo Klopp va Gvardioladagi rahbariyat chidadi va ularga ishondi. Ha, ba’zida sizga bildirilgan ishonch, sizning oldingi ishingizga qarab belgilanadi. Menda esa balki shu narsa yetishmagandir. Menda bu borada eng katta afsusim bor. O‘shanda turnir jadvalida avvalboshda yaxshi ketayotgandik. Lekin birdaniga 2 o‘rindan 9 o‘ringa tushib ketdik. Bu uchun esa atigi 4 ta ketma-ket mag‘lubiyat yetarli bo‘ldi. Men esa ishdan ketdim. Ammo buni hech kim bilmaydi: men o‘shanda jamoa ichidagi yuzlab muammolarni yechish ustida ishlaganman. Bu esa o‘yinga ham ta’sir etgan. Shundan keyin bildimki, bunday qilish kerak emas ekan. Men o‘zimga ishonish kerak ekanini angladim. Odam faqat bitta ishga yaxshi e’tibor qarata oladi".

Frenk Lemparddan o‘sha eng og‘ir deb hisoblagan davrida baxtli bo‘lgan yoki bo‘lmagani haqida so‘ralganida u shundau deydi: "Yo‘q, men baxtli emasdim. Men ilojsiz va xafa edim. Ayniqsa, so‘nggi bir necha hafta o‘ta qiyin kechgan. Ishdan bo‘shatilish esa o‘ta tez kechdi. Nima bo‘lgan taqdirda ham eng sevimli jamoamda bir muddat murabbiylik qilganimdan xursandman".

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 19:28, 10.08.2022.
O'qildi: 2512 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.