Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/11 01:00 Bavariya 1-0 Benfika
07/11 01:00 Feyenoord 1-3 Zalsburg
07/11 01:00 Srvena Zvezda 2-5 Barselona
07/11 01:00 Inter 1-0 Arsenal
07/11 01:00 PSJ 1-2 Atletiko
07/11 01:00 Sparta 1-2 Brest
07/11 01:00 Shtutgart 0-2 Atalanta
07/11 13:00 Sidney 0-1 Sanfrechche Xirosima
07/11 15:00 Sebu 2-9 Muangtong Yunayted
07/11 15:00 Chonbuk Motors 1-0 Selangor
07/11 16:00 OKMK 2-2 Olimpik
07/11 17:00 Istern 1-2 Kaya–Iloilo
07/11 17:00 Lion Siti Seylors 2-3 Persib
07/11 17:00 Jechjiang 1-2 Port
07/11 18:15 Dinamo 1-2 Lokomotiv
08/11 00:45 Jenoa - Komo
08/11 18:15 Bunyodkor 1-1 Metallurg
09/11 00:45 Lechche - Empoli
09/11 01:00 Rayo Valyekano - Las-Palmas
09/11 16:00 Navbahor - Paxtakor
09/11 17:00 Nasaf - So‘g‘diyona
09/11 18:00 Real Madrid - Osasuna
09/11 18:15 Surxon - Neftchi
09/11 19:00 Venetsiya - Parma
09/11 20:00 Kristal Pelas - Fulhem
09/11 20:00 Vest Xem - Everton
09/11 20:00 Vulverhempton - Sautgempton
09/11 20:00 Brentford - Bornmut
09/11 20:15 Vilyarreal - Alaves
09/11 22:00 Kalyari - Milan
09/11 22:30 Brayton - Manchester Siti
09/11 22:30 Espanyol - Valensiya

Salom Qatar! Fors shahzodalari o‘z qit’asida nimalarni isbotlashga harakat qiladi?

Salom Qatar! Fors shahzodalari o‘z qit’asida nimalarni isbotlashga harakat qiladi?

Baho:
+ | -

Yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionati oldidan yana bir mamlakat haqida so‘z yuritamiz. Osiyoda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Eron bilan tanishing.

Laqabi - Fors shahzodalari.
FIFA reytingida 23-o‘rin.
Jahon chempionatiga oltinchi bor boradi.
B guruhi. Raqiblar: Angliya, AQSH, Uels.

1-tur, 21-noyabr. Angliya - Eron
2-tur, 25 noyabr. Uels - Eron
3-tur, 29 noyabr. Eron - AQSH

Oldingi muvaffaqiyatlar

Rossiyadagi jahon chempionati Eron uchun tarixdagi eng yaxshisi bo‘ldi: jamoa to‘rt ochko jamg‘arib, guruhda uchinchi o‘rinni egalladi. Keling, qanday bo‘lganini eslaylik.
Ispaniya, Portugaliya, Marokash, Eron – oldindan hammasi ayondek, ikkita favorit va ikkita autsayder bor edi. Birinchi turda Eron Marokash bilan o‘ynadi. Bu "shahzodalar"ga ochko olish uchun yagona imkoniyat bo‘lib tuyulgan edi, ammo hamma narsa unchalik oddiy bo‘lib chiqmadi. Marokashliklar o‘yin davomida o‘tkirroq ko‘rindi, ammo bu hisobni ochish uchun yetarli bo‘lmadi. Final hushtagi chalinishiga bir necha soniya qolganida, marokashlik hujumchi Aziz Buxadduz gol uradi, biroq o‘z darvozasiga: 1:0 va Eronning ajoyib g‘alabasi.

Keyingi raqib Ispaniya. Eronliklar zamonaviy futbolda odat bo‘lganidek, to‘pni ispanlarga berib, himoyaga chuqur yotib olishdi, ba’zida raqib darvozasiga shiddat bilan borib ham turishdi. Shunga qaramay jamoa 54-daqiqagacha chidab berdi - Diyego Kosta hisobni ochdi. Ispaniyaning minimal hisobdagi g‘alabasi. Portugaliya bilan hal qiluvchi o‘yinda eronliklar ma’lum vaziyatlarda hatto ustun ham bo‘lishgandi – ispanlar yomonroq o‘ynasa, durang ham qayd etishlari mumkin. Mehdi Taremi qulay vaziyatdan gol ura olmadi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi va parallel o‘yinda ispanlar Marokash bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Natijada, sanoqli daqiqalar ichida Eron birinchi o‘rin o‘rniga uchinchi o‘rinni egallab, turnirdagi ishtirokini yakunladi.

Eronliklarning alamli tarzda musobaqani tark etishi ko‘pchilik muxlislarni xafa qilishi aniq, lekin aslida JCH-2018 har qanday nuqtayi nazardan Eron futboli tarixidagi katta muvaffaqiyat bo‘ldi desak yangilishmaymiz.

Murabbiy va o‘yin uslubi

Dragan Skochich - Eron futbolining faxriysi va ayni damdagi ustozi.

Xorvatiyalik sobiq futbolchi Eron futbolida 2013 yildan beri ishlab kelmoqda, u 26 may kuni “Malavan” bosh murabbiyi sifatida e’lon qilingan va klub bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. Dragan klubni yettinchi o‘ringa olib chiqdi, bu 2005 yildan beri Pro-liga (Eron oliy futbol ligasi)dagi eng yaxshi natija. 2014 yilda Skochich amaldagi mamlakat chempioni – “Fulad”ni boshqargan, biroq jamoa bilan katta muvaffaqiyatlarga erisha olmadi. 2018 yilning 16 yanvarida u Hune Be Hune kompaniyasining menejeri bo‘ldi. Tez orada u dastlabki 5 o‘yinda 13 ochko jamg‘arib, chempionatda birinchi o‘rinni egalladi, shuningdek, ikkinchi divizion jamoasini Hazfi kubogi finaliga olib chiqdi. 2019 yil iyul oyida Skochich “Sanat Naft” bosh murabbiyi bo‘ldi va yangi lavozimda bor-yo‘g‘i 8 oy ishlagandan so‘ng, 2020 yilning 6 fevralida Eron terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Dragan Eronni jahon chempionatiga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi va 10 uchrashuvda mumkin bo‘lgan 30 ochkodan 25 ochko to‘pladi, bu Eron termasining barcha saralash turnirlaridagi eng yaxshi natijasidir.

2022 yilning 11 iyulida Dragan Skochichning iste’fosi e’lon qilingan edi, biroq 17 iyul kuni Eron futbol federasiyasi o‘z qarorini o‘zgartirib, murabbiyni jahon chempionati yakuniga qadar o‘z lavozimida qoldirdi. Murabbiy Skochichning sovrinlar zalida Xorvatiya kubogi, shuningdek, Sloveniya kubogi va Superkubogi mavjud.

Eron terma jamoasining o‘yin sxemasi: 4-1-4-1

O‘yin uslubi - himoyada deyarli butun jamoa harakatlanadi. Eronning himoyadan chiqish yo‘li avstraliyaliklarning variantini eslatadi - tayanch futbolchilari orqali erkin harakatlanish.
Lekin, Avstraliyadan farqli o‘laroq, Eronda turli o‘yinchilar bo‘lishi mumkin - aslida to‘p uchun hamma kurash olib boradi. Eronliklar amalda ko‘proq butun jamoa bilan himoyalanishadi. Faqat forvard oldinda qoladi, hujum chizig‘ining qolgan o‘yinchilari esa raqib oldinga siljishi bilan yarim himoya chizig‘i bilan birlashadi.

Serdar Azmun - Fors shahzodasi

Ko‘pchiligimizga yaxshi tanish hujumchi Eron futbolining asosiy yulduzi hisoblanadi. Serdar 27 yoshida terma jamoa safida 62 ta o‘yin o‘tkazib, 40 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi!
Transfermarkt "Bayer" hujumchisini 22 million yevroga baholab, uni Eronning eng qimmat futbolchisiga aylantiradi. Bo‘lajak jahon chempionati terma jamoa uchun hujumchi faoliyatidagi asosiy turnir bo‘lib turibdi, ayniqsa uning muxlislar bilan munosabatlari og‘ir bo‘lgan bir pallada, u hali umidlarni oqlay olmagan.

Videoda Serdarning eng yaxshi gollaridan biri aks etgan.

Mehdi Taremi 

Ajablanarlisi shundaki, JCH-2018dan keyin Taremining faoliyati yuqoriga ko‘tarildi.
Hujumchi Portugaliyaga ko‘chib o‘tdi: "Portu"da, har mavsumda kamida 15 ta gol urish darajasiga chiqdi.

Mehdi 30 yoshda va karyerasining cho‘qqisida, shuning uchun hozir yirik futbol turnirlarida o‘zini ko‘rsatish uchun eng yaxshi vaqt, ayniqsa 2018 yildagi tarixga nazar tashlasak.

Alirizo Jahonbaxsh - so‘nayotgan yulduz

 

Alirizo oxirgi jahon chempionatidan oldin terma jamoaning asosiy yulduzi edi. 2018 yilda vinger Gollandiyaning "AZ Alkmaar" klubida ajoyib mavsum o‘tkazdi va Premyer-ligaga, aniqrog‘i "Brayton"ga o‘tdi. Transfer summasi 19,00 million yevroni tashkil qildi. Angliyada iqtidorli yigitning ishlari yurishmadi, uch mavsum davomida u hujumkor o‘yinchi bo‘lib gol-pas tizimida 10 ochko ham ololmadi. 2021 yilda esa Jahonbaxsh Niderlandiyaga qaytishga qaror qilib, "Feyenoord"ga o‘tdi. Alirizoning eng zo‘r futbol yillari ortda qolgan bo‘lishi mumkin, ammo hozir u katta tajribaga ega va hali ham kuchli o‘ng oyoq zarbasiga ega.

Kiritildi: 06:09, 13.08.2022.
O'qildi: 4395 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.