Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Anri: "Xoland vaziyat yaratmaydi, faqat hujumni yakunlaydi"

Anri: "Xoland vaziyat yaratmaydi, faqat hujumni yakunlaydi"

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Tyerri Anri "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappeni "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xolandga qiyosladi.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-turida ikkala futbolchi ham raqiblari darvozasiga ikkitadan gol urishdi. Fransiyalik futbolchi “Yuventus”ga (2:1), norvegiyalik hujumchi “Sevilya”ga (4:0) ikkita gol urdi.

“Mbappe vaziyat yaratishi va gol urishi mumkin. Xoland hech narsa yaratmaydi - u faqat hujumlarni yakunlaydi. Mbappe o‘ngda, chapda va markazda o‘ynay oladi. Xoland faqat markazda o‘ynay oladi", — dedi Anri RMC Sport bilan suhbatda.

Sobiq futbolchining so‘zlariga ko‘ra, Xoland bilan "Manchester Siti" Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishi mumkin, ammo u bu bahsda o‘z ovozini Mbappega beradi.

23 yoshli Mbappe joriy mavsumda "PSJ" safida 6 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi. 22 yoshli Xoland hisobiga “shaharliklar” uchun sakkizta uchrashuvda 12 gol va bitta golli uzatma yozildi.

Kiritildi: 13:37, 07.09.2022.
O'qildi: 2441 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.