“Roma” himoyachisi Rik Karsdorp Yevropa ligasi doirasida Finlyandiya XIK jamoasiga qarshi o‘yinda jiddiy jarohat oldi, deb xabar bermoqda Rim klubi sayti.
Futbolchiga chap tizzasidagi meniskning shikastlanishi tashxisi qo‘yilgan. Tez orada u operasiya qilinadi.
Joriy mavsumda 27 yoshli niderlandiyalik “Roma” safida 5 ta o‘yinda maydonga tushishga muvaffaq bo‘ldi.













