Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Gavi 19 yoshgacha bo‘lgan dunyoning eng yaxshi futbolchilari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi

Gavi 19 yoshgacha bo‘lgan dunyoning eng yaxshi futbolchilari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi

Baho:
+ | -

CIES Football Observatory 2004 yilda tug‘ilgan futbolchilarning navbatdagi reytingini tuzdi. Birinchi o‘rinni "Barselona"ning 18 yoshli yarim himoyachisi Gavi egalladi.

Buning ajablanarli joyi yo‘q, chunki avgust oyidagina voyaga yetgan yigit butun mavsum davomida “Barsa”dek top-klubning asosiy o‘yinchisi bo‘ldi.

2021 yil 6 oktyabrda Gavi Ispaniya terma jamoasida debyut qildi va terma tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi (17 yoshu 62 kun), 2021 yilning 18 dekabrida esa “Barselona” safidagi ilk golini urdi. Uning 17 yoshu 304 kunligida "Qizil furiya" bilan Chexiyaga qarshi o‘yinda kiritgan birinchi goli uni Ispaniya terma jamoasi tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylantirdi.

Gavi Transfermarkt tomonidan 70 million yevroga baholangan. U "Golden Boy" sovriniga ham da’vogar hisoblanadi.

Kiritildi: 10:58, 24.09.2022.
O'qildi: 3250 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик