Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Uchta top-klub Chempionlar ligasidan chiqarib yuborildi! Guruhlarda vaziyat qanday

Uchta top-klub Chempionlar ligasidan chiqarib yuborildi! Guruhlarda vaziyat qanday

Baho:
+1 | -

Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Natijada bir nechta top-klublar birdaniga pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘lishdi. Biz guruhlarda vaziyatga to‘xtalib o‘tamiz.

"A" guruhi

"Napoli" so‘nggi tur natijalariga ko‘ra pley-offga chiqdi, "Liverpul" esa beshinchi o‘yin haftasidan so‘ng buni amalga oshirdi. Kim birinchi o‘rinni egallashini ko‘rish kerak. Angliya jamoasi nafaqat “Napoli”ni mag‘lub etishi, balki yirik hisobda ham muvaffaqiyat qozonishi kerak. “Reynjers”da Yevropa ligasiga yo‘l olish uchun hali ham nazariy imkoniyatlar mavjud, ammo buning uchun “Ayaks”ni yirik hisobda mag‘lub etishlari kerak. Niderlandiya klubi birinchi davrada raqibni mag‘lub 4:0 hisobida mag‘lub etgandi.

"B" guruhi

Belgiya chempioni tarixda ilk bor Yevropaning eng nufuzli klub turnirining pley-off bosqichiga chiqdi. Va ular buni ikki hafta oldin uddalashgandi. Kecha esa ularga turnirni ikkita mag‘lubiyat bilan boshlagan “Portu” hamrohlik qiladigan bo‘ldi. Madriddagi aql bovar qilmaydigan o‘yinda “Atletiko” pley-offdan quruq qoldi. Endi ispan klubi Yevropa ligasi yo‘llanmasi uchun “Bayer” bilan kurash olib borishi kerak bo‘ladi.

"C" guruhi

Mo‘jiza sodir bo‘lmadi. "Inter" “Viktoriya”ni mag‘lub etdi va 1/8 finalda "Bavariya"ga sherik bo‘ldi. "Barselona" ketma-ket ikkinchi yil pley-off bosqichini o‘tkazib yuboradi. Endilikda Xavi jamoasini Yevropa ligasidagi o‘yinlar kutmoqda. "Bavariya" birinchi o‘rindan, "Inter" ikkinchi o‘rindan 1/8 finalga yo‘l oldi. Guruhdagi so‘nggi o‘yinlar turnir jadvalida ahamiyatga ega emas.

"D" guruhi

Bu yerda chalkash vaziyat. Barcha jamoalarda pley-offga chiqish imkoniyati bor. Hozircha “Tottenxem” biroz ustunlikka ega, ammo u so‘nggi turda Fransiyada mehmon bo‘ladi. Biroq, London jamoasiga durang o‘ynash kifoya, keyin esa pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritish kafolatlanadi. “Sporting” qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha "Ayntraxt"dan oldinda. So‘nggi turda ular Lissabonda o‘zaro o‘ynashadi.

"E" guruhi

5-tur yakunlariga ko‘ra, pley-offning yana bir ishtirokchisi aniqlandi – “Chelsi” 1/8 final yo‘llanmasini kafolatladi. Bundan tashqari, London klubi birinchi o‘rinni egallaydi, chunki ular shaxsiy uchrashuvlarda “Milan” ustidan ustunlikka ega. "Dinamo" uchinchi o‘rindan yuqoriga ko‘tarila olmaydi, chunki qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha italiyaliklardan qolishmaydi. “Milan” va “Zalsburg” jamoalaridan biri 1/8 finalga ikkinchi yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. So‘nggi turda ular "San-Siro"da o‘zaro to‘qnash kelishadi.

"F" guruhi

Madridning “Real” klubi so‘nggi tur natijasiga ko‘ra 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘ringa "RB Leypsig" va "Shaxtyor" da’vogarlik qilmoqda. Oxirgi turda ular neytral maydonda o‘ynashadi. Nemis klubini durang ham qoniqtiradi, ammo Ukraina jamoasi g‘alaba qozonishi kerak. "Seltik" to‘rtinchi o‘rindan yuqoriga ko‘tarilmagani uchun Yevropadagi musobaqalarini yakunlamoqda.

"G" guruhi

Bu guruhda hamma narsa aniq. "Man Siti" birinchi o‘rindan 1/8 finalga, "Borussiya Dortmund" ikkinchi o‘rindan joy oldi. “Sevilya” Yevropa ligasida o‘ynashda davom etadi.

"H"  guruhi

“PSJ” va “Benfika” pley-off yo‘llanmasini kafolatladi, “Yuventus” esa uchinchi o‘rindan yuqoriga ko‘tarilmaydi. Bu guruhda kim g‘alaba qozonishi va kim Yevropa ligasiga yo‘l olishini bilishgina qoldi.

Kiritildi: 11:51, 27.10.2022.
O'qildi: 13527 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.