Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Toni Kroos: «60 daqiqalik toza o‘yin vaqti joriy etilishini istardim!»

Toni Kroos: «60 daqiqalik toza o‘yin vaqti joriy etilishini istardim!»

Baho:
+ | -

Toni Kroos asli kimligini jurnalist bilan to‘qnashuvdan keyingi noyob va uzoq intervyusida har qachongidan ham ko‘proq tushuntirib berdi.

Parijda bo‘lib o‘tgan so‘nggi Chempionlar ligasi finali yakunida ZDF kanalining germaniyalik muxbiri - Nils Kaben futbolchiga bir nechta savollar bilan murojaat qildi va bu yaxshilik bilan yakunlanmadi. Jurnalist haqli g‘alabaga shubha bilan qaradi: «O‘yin nuqtai nazaridan g‘alabaga unchalik loyiqday ko‘rinmadinglar. «Madrid»ning bunday qiyin ahvolga tushib qolganiga hayron bo‘ldingizmi?» Shunda Kroos portladi: «Sizda 90 daqiqa bor edi va siz ikkita bema’ni savol bilan keldingiz», - dedi-yu orqa o‘girilib ketdi. Jurnalist Oliver Vurm boshqacha bir fikr bilan chiqdi: Kroosga savol berish uchun 90 kishiga 90 kun berish. Unga Klopp, Bekkenbauer, Levandovski, Useyn Bolt, Mo Fara va Robbi Uilyams kabilar savollar bilan chiqishgan va javoblarda futbolchiga oid ko‘plab maslahatlar bor. O‘tgan chorshanba kuni intervyu shu maqsadda tashkil etilgan maxsus veb-saytda ispan tilida chop etildi, nashrdan to‘plangan mablag‘ning bir qismi Kroos jamg‘armasiga yo‘naltirildi.

O‘yinga qaytish mahorati haqida 

- Zidan doimo e’tiborimizni quyidagilarga qaratgan: «Biz chidashni o‘rganishimiz kerak. Agar bunday davrlarni osonlik bilan yengib o‘tsak, g‘alaba qozonish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lamiz». Gap shundaki, bunday darajada jamoangiz raqibdan yomonroq ko‘rinishini qabul qilishga majbur bo‘ladigan vaziyatlar har doim bo‘ladi. (...) «Manchester Siti»ga qarshi yarim finalning birinchi o‘yinida 1:10 hisobida oson mag‘lub bo‘lishimiz mumkin edi, ammo biz 3:4 hisobida yutqazdik. «Siti» javob o‘yinida birinchi bo‘lib gol urganida esa hamma bizni mag‘lub bo‘ldi, deb o‘ylagandi. Lekin biz har doim bizga yangi hayot baxsh etadigan, stadionga jon beradigan va raqibni o‘ylantiradigan vaziyatlar yarata olamiz. Va hattoki buni qayta-qayta bajarishga muvaffaq bo‘ldik. (...) Agar bu sodir bo‘lsa, «Siti» kabi nufuzli jamoa ham o‘ylay boshlaydi: «Mana, yana ular...» 

«Bernabeu»dagi  muxlislar haqida 

- Bizning muxlislar juda talabchan va har bir yutuq ortidan umidlar ortib boraveradi. Biroq, ayni paytda, biz juda tajribali auditoriya haqida gapiramiz. Nemis stadionida befarqlik bilan qaraladigan harakatlarni, ular, aksincha olqishlashadi: maydon markazida qandaydir kombinasiya, raqib bosimidan yaxshi chiqib ketish, shunga o‘xshash barcha harakatni. Stadion o‘yinning hal qiluvchi pallalarini aniqlash uchun yaxshi ma’noga ega. Va bu barchani qamrab oladigan shunday jamoaviy tuyg‘uni keltirib chiqaradi: «Bularning barchasini birgalikda hal qilamiz». 

Kelajak futboli haqida 

- Keyingi 10-15 yil haqida o‘ylaganimda, bunga tashvish bilan qarayman. Klublar boshqa profildagi futbolchilarni qidirmoqda. Ya’ni ular dastlab: «u tezkormi? jussalimi? kuchlimi?», - deb so‘rashadi. Va shundan keyingina to‘p bilan o‘ynash mahoratiga qiziqishadi... G‘alaba qozonish uchun har bir jamoa­ga bunday o‘yinchi kerak, ammo men bu tendensiya o‘z zimmasiga olishidan va o‘yin oxir-oqibat buni aks ettirishidan xavotirdaman. 

O‘zining ideal  pozisiyasi haqida 

- «Bayer»da men chap qanot yarim himoyachisi, deyarli qanot himoyachisi sifatida o‘ynadim. «Bavariya»da esa Lui van Gal meni «o‘nlik» rolida ko‘rardi. Demak, uning 10-raqamli vazifasi jarima maydonchasiga kirib borish, hujumchilarga yordam berish, bo‘sh hudud yaratish va raqibni nazorat qilish edi. U «o‘nlik» to‘pning qarama-qarshi tomonida bo‘lishini xohlardi. Ammo men to‘pni qo‘lga kiritishni xohlardim, undan qochib ketishni emas! Shuning uchun bu ish bermadi. Bir muddat markaziy yarim himoyachi bo‘lganman. Gvardiola meni «sakkizlik» pozisiyasiga qo‘ydi, bu yerda o‘zimni bugungi kungacha eng yaxshi his qilaman. Chap tomon «sakkizlik» pozisiyasida, yonimda yaxshi tayanch yarim himoyachisi va orqaga qaytishga ma’lum bir moyillik bilan harakat qilaman. Chunki men to‘pni ortdan muvaffaqiyatli boshqarishni yaxshi ko‘raman, garchi hujumkor futbol bo‘yicha o‘z tasavvurim bo‘lsa ham. 

«Bermud uchburchagi»  haqida 

- Menimcha, «Real»da yaratilgan yulduz turkumi men mukammal moslik, deb ataydigan narsaga eng yaqinidir. Chunki yarim himoyada hamma narsa bor edi. Kazemiro oldiga aniq vazifa qo‘yilgan edi: markazni tozalash. Luka va men esa himoyaviy vazifalarga qarshilik qilmaydigan ikki futbolchimiz. Boshqa tomondan, biz futbolning nazorat, raqib jarima maydonchasiga qaratilgan o‘yin, ko‘p miqdorda o‘ziga xos vaziyatlari bo‘lgan vakillari edik. Himoya va hujumdagi o‘yinlarimiz juda zo‘r edi. Ishimizni yaxshi bajarish uchun bir-birimiz bilan ko‘p gaplashishimiz shart emasligiga ishonch hosil qilgan holda maydonga chiqardik. Ha, Kazemiro va Modrich bilan birgalikdagi o‘yin mukammallikka yaqin edi. 

JCHning Qatarda  o‘tkazilishi haqida 

- Men jahon chempionati Qatarda o‘tkazilishiga mutlaqo qarshiman. Bu davlatning ta­yinlanishi federasiyalarning xatosi edi. Lekin, futbolchilar mundialda o‘ynamaydi, deb kutish noto‘g‘ri. 

Yagona maniyasi haqida 

- Menda butsani dastlab chap oyog‘imga kiyish yoki o‘ng oyoq bilan maydonga chiqish kabi irim yoki g‘alati odatlar yo‘q, garchi bu futbol olamida keng tarqalgan bo‘lsada. Faqat, bitta narsa, uzuk taqishga o‘rganib qolganim uchun uning o‘rniga plastir bog‘layman. Ya’ni, men uzukning ustini yopmayman, balki uning o‘rniga plastir bog‘layman. Chunki uzuksiz o‘zimni yalang‘ochdek his qilaman. 

Madridga borish bo‘yicha muzokaralar 

- Uli Hoyenesning tushunish xonasida yonimga kelgani va o‘zining hissiyotli tarzda menga qaraganini hali ham eslayman: «Sizning yordamchingiz so‘ragan narsa - bu mutlaqo beadablik. Keling, uni yerga tushira olasizmi, ko‘raylik. Men endigina 23 yoshda edim. Men unga aytdim: «Bu mening yordamchim emas. Biz buni so‘raymiz. Va bu o‘zgarmaydi». Ulini hammamiz bilamiz. Ammo tan olishim kerakki, o‘sha vaziyatda menga po‘lat xarakter kerak edi. 

Futboldagi islohotlar uchun takliflari haqida 

- Menga sariq kartochkalardan ko‘ra daqiqali chetlatishlar samaraliroqdek tuyuladi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida ozchilikda o‘ynash alam qiladi. Nima uchun o‘yin vaqtini ongli ravishda cho‘zayotgan futbolchiga besh daqiqali chetlatish bermaysiz? Qoidabuzarliklar uchun maydondan chetlatish tasnifini ham ko‘rib chiqishimiz mumkin: hakam qoidabuzarlikning og‘irligiga qarab futbolchini 5, 10 yoki 15 daqiqaga maydondan chetlatishi mumkin. Shuningdek, 60 daqiqalik toza o‘yin vaqti joriy etilishini istardim!

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 18:05, 27.10.2022.
O'qildi: 2070 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.