Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Boks. Aziza Yoqubova hakamlarning bahsli qarori tufayli mag‘lub bo‘ldi

Boks. Aziza Yoqubova hakamlarning bahsli qarori tufayli mag‘lub bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Iordaniyadagi boks bo‘yicha Osiyo chempionatida bugun ham bir nechta vazn toifalarida chorak final janglari o‘tkazilmoqda.

Ayollar o‘rtasida 50 kg. vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Aziza Yoqubova hozirgina vyetnamlik Ti Tam Nguyenga qarshi jang o‘tkazdi. Raqib bokschisi bo‘y va qo‘llarining uzunligi borasida ustunlikka ega bo‘lgan bo‘lsa, Aziza kuchli zarbalar evaziga raqibini qiyin ahvolga tushirishga harakat qildi.

Birinchi va ikkinchi raundlarda hakamlarning 3 nafari ustunlikni vyetnamlik qizga berishgan bo‘lsa, ikki nafari Yoqubovaning ustunligini ko‘rsatdi. Ikkinchi bo‘limdan so‘ng hisob — 19:19, 19:19, 19:19, 19:19, 18:20 ko‘rinishga keldi, Nguyen foydasiga.

Uchinchi raundda esa vatandoshimiz tajovuzkorlikni oshirgan bo‘lsa, Vyetnam vakili charchab qoldi. Aziza Yoqubova so‘nggi bo‘limda juda ko‘plab zarbalarni berdi, ammo hakamlar 3-raundni va jangni Nguyen foydasiga hal etishdi — 0:5.

Eslatib o‘tamiz, Aziza Yoqubova Istunbulda o‘tkazilgan jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgandi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:25, 07.11.2022.
O'qildi: 1317 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.