Dushanba kuni Fenway Sports Group (FSG) "Liverpul"ni sotishga tayyorligini ma’lum qildi. Keling, nega bunday bo‘lganini tahlil qilib ko‘ramiz.
Nima bo‘ldi?
Dushanba kuni The Athletic xabar berishicha, Fenway Sports Group (FSG) "Liverpul"ni sotishni ko‘rib chiqishga tayyor va allaqachon batafsil taqdimot tayyorlaganini ma’lum qildi. Va bu shunchaki insayd emas, chunki kompaniya bu niyatini tasdiqlovchi rasmiy bayonotni e’lon qildi. Bu "Liverpul" manfaati yo‘lida va qulay sharoitlarda amalga oshishi ta’kidlangan. Zamonamizning eng muvaffaqiyatli klublaridan biri egalarini almashtiradi.
FSG qachondan "Liverpul"ni boshqaryapti?
2010 yil oktyabr oyida FSG "Liverpul"ni Jorj Jillett va Tom Xiksdan sotib oldi. O‘shandan beri klub jiddiy o‘zgarishlarga duch keldi. Ushbu tranzaksiya qiymati 348 million yevroga baholanmoqda.
"Enfild"da 110 million funt sterlinglik yangi asosiy tribuna quriladi. 80 million funt sterlinglik ushbu loyiha keyingi yozda yakunlanadi va arena sig‘imini 61 000ga yaqinlashadi. FSG shuningdek, klubning Melvuddan Kirkbidagi yangi mashg‘ulot majmuasiga ko‘chib o‘tish uchun 50 million funt sterling safrlaydi.
Asosiysi, esa sportdagi muvaffaqiyatlar. Muxlislar APL va Chempionlar ligasidagi g‘alabalarni albatta unutishmaydi. Shu bilan birga, so‘nggi yillarda "Liverpul" tarkib uchun ham yetarli miqdorda pul sarfladi.
Nega "Liverpul"ni sotishga qaror qilindi?
Bu yerda hamma narsa biznezga borib taqaladi. Ehtimol, biznes nuqtai nazaridan klubni sotish uchun yaxshiroq vaqt kelgandir. Britaniya funti hozirda ancha zaif va Liz Trassning so‘nggi siyosati vaziyatni yanada yomonlashtirdi. U Buyuk Britaniya Bosh vaziri lavozimini shu qadar tez tark etgani ajablanarli emas. Ko‘pgina tahlilchilar Buyuk Britaniyadagi moliyaviy muhitning noaniqligiga e’tibor berishdi.
Matbuotning yozishicha, bu qarorni moliyaviy masala ham taqozo qiladi. "Liverpul" xo‘jayinlari juda katta xarajatlarni va’da qilgan Superligani tashkil etish tarafdori edi. Biroq, g‘oya barbod bo‘ldi. Shu bilan birga, klub moliyaviy feyr-pleyning amaldagi sxemasidan norozi. Yurgen Klopp dunyoda moliyaviy cheklovlarga ega bo‘lmagan klublar borligidan omma oldida shikoyat qildi. Aftidan, hozirgi egalar arab davlatlaridan kelgan shayxlar bilan kim oshdi savdosida qatnashishni unchalik istashmayapti.
"Liverpul" qanchaga sotiladi?
Hech kim aniq javob bera olmaydi, lekin siz bir nechta insaydlar mavjud. Ingliz matbuoti xabariga ko‘ra, aprel oyida FSG "Liverpul"ni Yaqin Sharqdagi potensial xaridorga 3,5 milliard yevroga sotishdan bosh tortgan.
Bundan tashqari, siz ingliz futbolidagi so‘nggi kelishuvni ham eslashingiz mumkin. "Chelsi" milliarder Todd Boeli boshchiligidagi Amerika investorlar konsorsiumiga 4,25 milliard funt sterlingga sotilgan.
Shu bilan birga, FSG yaqinda RedBird Capital'ga klubning 11% ulushini sotdi, shuning uchun siz hozirgi xo‘jayinlar "Liverpul"ni qanchalik qadrlashini bilib olishingiz mumkin. Forbes, o‘z navbatida, klubning qiymatini 3,6 milliard funtga baholagan.
Kim sotib olishi mumkin?
RedBird Capital birinchi nomzod bo‘ladi deb taxmin qilish mantiqan to‘g‘ri. Bundan tashqari, avvalroq ushbu jamg‘arma egasi Jerri Kardinal bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermasligini ochiqchasiga aytgan edi. Biroq, bu hali ham sodir bo‘lishi dargumon, chunki bu investisiya kompaniyasi "Milan"ga egalik qiladi. UEFA qoidalariga ko‘ra, bitta xo‘jayinning ikkita jamoasi bir musobaqada qatnashishini taqiqlaydi. "Liverpul"ni sotib olish uchun "rossonerilar"ni sotish yoki yangi sxema o‘ylab topish kerak bo‘ladi.
Boshqa potensial xaridorlar faqat yaqin kelajakda paydo bo‘lishi kerak. Garchi bunday bitimlar sukunatni yoqtirsa ham, ehtimol, hamma narsa yakuniy bosqichda bo‘lganida, aniq nomlar yoki kompaniyalar matbuotga ma’lum bo‘ladi.
Bu "Liverpul"ga qanday ta’sir qiladi?
Aslida klub yaqin orada boshqaruv o‘zgarganini sezishi dargumon. Ba’zi shov-shuvlar bo‘ladi, lekin klub egalari buni e’lon qilish uchun deyarli mukammal vaqtni tanlagan ko‘rinadi. "Liverpul"ning bir-ikki o‘yinlari qoldi, keyin esa Jahon chempionati uchun tanaffus bo‘ladi, shuning uchun klubni sotish mavzusi orqa fonda qoladi.
Albatta, Yurgen Kloppning shartnomasi bilan bog‘liq voqea bor. Uning ishdan bo‘shatilishi haqida gap ham yo‘q emas, ammo murabbiyning uzoq muddatli shartnomasi anchagina katta jarimani kafolatlaydi. Boshqa tomondan, FSG'ga Chempionlar ligasi kerak, bu esa ularga pul ishlash imkonini beradi. Shuning uchun "Liverpul"ni moliyalashtirish har qanday holatda ham to‘xtab qolmaydi.