Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Germaniyani Bundesliga yigitlari taslim etdi. Yapon murabbiyi tarkib tanlashda Flikka master klass o‘tab berdi

Germaniyani Bundesliga yigitlari taslim etdi. Yapon murabbiyi tarkib tanlashda Flikka master klass o‘tab berdi

Baho:
+ | -

Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi mamlakatning eng yaxshi hujumchilaridan bosh tortdi, biroq yakunda Germaniyani ajoyib tarzda jazoladi. Biz kunning asosiy sensasiyasini yaratgan futbolchilar haqida gaplashamiz.

Agar yaponiyaliklarning JCH-2018 va JCH-2022 uchun qaydnomasini solishtiradigan bo‘lsak, Xajime Moriyasu qo‘l ostida jamoa jiddiy yangilangani darhol ayon bo‘ladi. To‘rt yil avval 1/8 finalda «Rostov Arena»da Belgiyaga mag‘lub bo‘lgan tarkibdan atigi olti nafari Qatarga kelgan xolos. Bu darvozabon Eyji Kavashima va besh nafar boshqa o‘yinchi. Qolganlar uchun esa 2022 yilgi jahon chempionati faoliyatidagi debyut bo‘ldi. Moriyasu Qatarga qiziqarli mikst tarkibni keltirdi - u individual o‘yinchilarning sifatlarini o‘zining taktik afzalliklari bilan aralashtirib yubordi. Biroq mutaxassislar Yaponiya terma jamoasining yakuniy qaydnomasini qizg‘in muhokama qilishdi. Masalan, 2014 va 2018 yilgi jahon chempionatlari ishtirokchisi, «Kyoln» va «Verder» klublarining sobiq futbolchisi, Osiyo saralashida bir qancha muhim gollar muallifi Yuya Osako Qatarga bormadi. Ammo yaponiyaliklar Moriyasuni «Seltik»dan Kyogo Furuxasini chaqirmagani uchun undan ham ko‘proq tanqid qilishdi. 27 yoshli hujumchi bir yarim mavsum davomida Shotlandiya chempionatining 33 ta uchrashuvida 22 ta gol urdi.

Shu o‘rinda, Osiyo saralashining so‘nggi bosqichida yaponiyaliklar Ummon (0:1) va Saudiya Arabistoniga (0:1) mag‘lub bo‘lganini esga olishimiz kerak. Furuhashi ikki marta zaxiradan maydonga tushdi, ammo chap qanot himoyachisi sifatida o‘ynadi. Moriyasu murabbiyda yaxshi taassurot qoldirmadi va oxir-oqibat hujumchidan butunlay voz kechildi. Biroq mutaxassis asta-sekin muvozanatni topdi - Yaponiya ketma-ket oltita o‘yinda g‘alaba qozondi va Jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l oldi - ikkinchi o‘rinni egalladi.

Yaponiya bosh murabbiyi tarkib haqida shunday deydi: «Jahon chempionatiga borishni istaganlarning hammasini chaqira olmadim. Shu bilan birga, men Yaponiya uchun jang qilishni chin dildan xohlaganlarga minnatdorchilik bildiraman va ularni hurmat qilaman. Agar biz 26 emas, 30 nafar futbolchini qabul qila olsak ham, men baribir qiyin qarorlar qabul qilgan bo‘lardim. Mundial uchun bizning tanlovimiz bir xil to‘lqindagi o‘yinchilarni yig‘ishdan iborat edi. Biz har bir chaqirilgan futbolchining kuchli tomonlarini bilamiz», - deydi murabbiy.

Bundesliga futbolchilari va tajribali himoyachilar

Moriyasuning bir vaqtning o‘zida 8 nafar futbolchisi nemis klublari sharafini himoya qiladi. «Boxum» futbolchisi Takuma Asano Germaniyaga qarshi o‘yinda g‘alaba to‘pini kiritdi . 2016 yilda u Londonning «Arsenal» klubi bilan shartnoma imzolagandi - skautlar «Sanfrechche Xirosima»ning qanot himoyachisini Teo Uolkott bilan solishtirgan edilar va uning yuqori tezligini qayd etishgan. Bugun Asano Niko Shlotterbekdan qanday qochib ketganini o‘zingiz ko‘rdingiz. U himoyachini xato qilishga majbur qildi va yakunda ajoyib golni urdi.

Biroq, Asano Angliyada o‘ynab ketolmadi - u ish vizasini olmagan edi, shuning uchun u ijaraga ketgan. «Arsenal» bilan shartnomasi tugaganidan keyin u Serbiyaning «Partizan»iga o‘tdi, u yerdan Yuriy Semin uni olib ketmoqchi edi - «Lokomotiv»ga o‘tish haqidagi mish-mishlar 2020 yil boshida paydo bo‘lgan.

Asanoga ajoyib golli uzatmani Myunxengladbaxning «Borussiya» klubi himoyachisi Ko Itakura amalga oshirdi - klubda u tez-tez hujumlarni boshlash uchun javobgar bo‘lib, bugungi kunda ijodiy qobiliyatlarini namoyish etdi. Birinchi gol muallifi Risu Doan ham Germaniyada - «Frayburg»da o‘ynaydi. 2019 yilning yozida yarim himoyachiga «Spartak» va SSKA qiziqish bildirgandi, ammo o‘sha paytda Doan «PSV» variantni tanladi.

34 yoshli «Shalke 04» markaziy himoyachisi Maya Yoshida Premyer-ligadalik payti «Sautgempton»da eng yaxshi yillarini o‘tkazdi, keyin «Sampdoriya»ga o‘tdi, endi esa Bundesligada javlon urmoqda. Bugun u jarima maydoni ichidan to‘pni olib qo‘yishlar soni (9) bo‘yicha eng yaxshi edi. Yoshida o‘zining past tezligiga qaramay, har doim o‘yinni yaxshi o‘qiy oladi.

Germaniyadan kelgan boshqa futbolchilar orasida yarim himoyachilar Vataru Endo ("Shtutgart") va Ao Tanaka ("Fortuna"), himoyachi Xiroki Ito ("Shtutgart") va hujumkor yarim himoyachi, Yevropa Ligasi g‘olibi Daichi Kamada ("Ayntraxt Frankfurt") bor. Bundan tashqari Yevropa top-ligalarida o‘ynagan tajribaga ega kuchli futbolchilar ham e’tibor markazimizda bo‘ladi.

Belgiyaning «Genk» klubida 3,5 mavsum davomida 38 ta golli uzatmani amalga oshirgan va bir nechta muhim gollarga mualliflik qilgan «Reyms» vingeri Dzyunya Ito; «Monako» vingeri Takumi Minamino, «Brayton» vingeri Kaoru Mitoma; o‘ng qanotda «Urava Red Daymonds» vakili Xiroki Sakailarni barcha tanisa kerak. Shuningdek, «Tokio» chap qanot himoyachisi Yuto Nagatomo, «Arsenal» himoyachisi Takexiro Tomiyasu, «Real Sosyedad» vingeri Takefusa Kubo (uni yaponiyalik Messi deb atashadi) «Leganes» pleymeykeri Gaku Shibasaki (Germaniyaga qarshi o‘ynamadi, lekin JCH-2018da ajoyib ko‘rinish oldi)lar ham tarkibdagi yulduzlar hisoblanishadi.

Moriyasu ajoyib himoyachilar tanlovini amalga oshirgan. Ro‘yxatga 2014 va 2018 yilgi jahon chempionatlarida o‘ynagan tajribaga ega uchta futbolchi kiritilgan: Sakai, Nagatomo va Yoshida. Nagatomo hattoki 2010 yilda Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ham o‘ynagan (darvozabon Kavashima kabi). Ehtimol, bir nechta o‘yinchilaridan voz kechib, Moriyasu tarixdagi eng kuchli yapon tarkibini yaratdi. Biroq ushbu nazariyani tasdiqlash uchun u hech bo‘lmaganda 2002, 2010 va 2018 yillardagi yaponlarning eng yaxshi natijasini takrorlashi kerak - ya’ni pley-offga chiqish

Nima uchun yaponiyalik futbolchilar Yevropada ko‘p?

1998 yilda yaponlar birinchi marta Jahon chempionatiga chiqishdi - bu j-ligani qayta formatlash uchun turtki bo‘ldi. Agar ilgari Ziko kabi keksa yulduzlar bu yerga kelgan bo‘lsa, 2000 yillar boshiga kelib, Yaponiya o‘z o‘yinchilarini Yevropaga eksport qilishdan barqaror daromad olib, 2010 yillarda eng yuqori cho‘qqiga chiqdi. Turli vaqtlarda terma jamoaning arizalaridagi yevropalik legionerlar soniga qarang:

1998 yilgi jahon chempionati - 0 nafar xorijlik o‘yinchi, J-liganing barcha o‘yinchilari;

JCH-2002 - 4 legioner;

JCH-2006 - 6 nafar xorijlik futbolchi;

JCH-2010 - 4 nafar legioner;

JCH-2014 - 12 nafar xorijlik futbolchi;

JCH-2018 - 15 nafar xorijlik futbolchi;

JCH-2022 - 19 nafar xorijlik futbolchi.

Kiritildi: 07:07, 24.11.2022.
O'qildi: 4345 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.