Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Yevropa superligasi hali o‘lmagan...

Yevropa superligasi hali o‘lmagan...

Baho:
+ | -

2021 yilning 18 aprelidan 19 aprelga o‘tar oqshomi futbol muxlislari xotirasidan mustahkam joy olganiga aslo shubha yo‘q.

Aynan shu oqshom «Real» prezidenti Florentino Peres Yevropa Superligasi tashkil etilishini e’lon qilgandi. O‘shanda tashabbusni futbolga aloqador deyarli barcha shaxslar - muxlislaru-o‘yinchilardan tortib, isyonchi jamoalar murabbiylari va asosiy rahbarlar ma’qullamadilar, buning ta’siri ostida loyiha atigi bir necha kun ichida butunlay unutilgandek edi. Biroq oradan ma’lum muddat o‘tgach, Superliga g‘oyasi barhayot ekanligi, boz ustiga, yanada faollashgani ma’lum bo‘ldi.

Superliganing yangi Qirralari

Yaqinda ko‘pchilik uchun kutilmagan tarzda Superliganing bosh direktori Bernd Rayxart bo‘y ko‘rsatdi. Mazkur lavozim keyinroq ta’sis etilgani bois, Rayxart shu paytgacha futbolga oid masalalarga aralashgan emasdi. Uning o‘zgarishlar xususidagi asosiy tezislari quyidagicha:

  •  Superliga loyihasi tirik va rivojlanmoqda. Yevropaning ko‘pgina klublari futbolning kelajagi xususida «Real», «Barselona» va «Yuventus» bilan hamfikrlar. Ayni paytda APL klublari bilan muzokaralar olib borilmoqda;
  •  Superliga UYEFA bilan hamkorlik qilishga va turli g‘oyalarni muhokama qilishga tayyor. Loyihani 2024|2025 yillar mavsumidan tatbiq etish belgilangan;
  •  Yangi formatdagi futbol turnirini muhokama qilyapmiz, mavsum nihoyasida bir nechta jamoa quyi ligaga yo‘l oladi;
  •  Bo‘lajak islohotlarga mo‘ljallangan va halol hamkorlik futbolga faqat manfaat keltiradi.

Nima uchun Superliga loyihasi amalga oshmadi?

Aftidan, Superliga tashabbuskorlari yangi vaziyatdan unumli foydalanish niyatidalar. Loyiha e’lon qilinganidan keyingi dastlabki urinish muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgandi. Vaholanki, Superliga loyihasining bosh notig‘i bo‘lmish Florentino Peres o‘zgarishlar zarur ekanligini tushuntirib o‘tgandi: «Nimadir qilishimiz shart. Chunki 14dan 24 yoshgacha bo‘lgan yoshlar futboldan voz kechmoqdalar, bu sport turi ularni charchatib qo‘ymoqda. Shu bois, ular boshqa mashg‘ulotlarni afzal ko‘rmoqdalar. Sayyoramizdagi 4 milliarddan ko‘proq futbol muxlislarining yarmi Superliga klublarining ishqibozlaridir».

Yangi turnirning asosiy muammosi shundaki, u yopiq musobaqa: Superligada o‘ynash uchun ichki chempionat va YECHLdan voz kechgan 12ta nomdor jamoa bu hiyla-nayrangni ko‘pchilikka oshkor etmasdan, pinhona rejalashtirgani ularning o‘zidan boshqa hech kimga ma’qul bo‘lmadi.

«Bizning musobaqalarimiz hech qachon bir guruh ziqna klublar uchun yopiq turnir bo‘lmaydi. Har qanday jamoa o‘zi istagan musobaqada qatnashish huquqi uchun da’vogarlik qilishi mumkin - maydondagi natijalaridan kelib chiqqan holda, albatta. UYEFA va butun futbol olami sharmandali taklif bilan chiqqan va ochko‘zlikdan bo‘lak hech narsani o‘ylamaydigan bir nechta Yevropa klublariga qarshi kurashish yo‘lida birlashdi», - degandi UYEFA prezidenti Aleksander Cheferin.

Ispaniya chempionatining prezidenti Xavyer Tebas Superliganing asosiy raqibi hisoblanadi. Sky ijodkorlari tomonidan yaratilgan «Superochko‘zlar: futbol uchun jang» nomli hujjatli filmda u quyidagicha fikr bildirgandi: «Superliga g‘oyasi ancha yillar davomida havoda kezib yurdi. Bu doimo biz uchun «bosh og‘rig‘i» bo‘ladi, deb o‘ylaganmidim? Ha. Qachonlardir Superliga loyihasi voqelikka aylanishini taxmin qilganmidim? Yo‘q».

Shuningdek, «Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp ham Superligaga qarshi: «Umid qilamanki, bu Superliga hech qachon bo‘lmaydi. YECHL va YEL turnirlarining samarali faoliyati tufayli futbol yanada maftunkor sport turiga aylandi. YECHL - men uchun doimo qaysidir muayyan jamoa bilan kuch sinashishga majbur etmaydigan Superliga. Nega endi biz «Liverpul» qatorasiga 10 yil «Real» bilan bahslashadigan tizimni yaratishimiz kerak? Har yili bir xil tomoshani ko‘rish kimga yoqadi?»

Tez orada Superliga a’zosi bo‘lgan jamoalar muxlislari stadionlarga borib, suyukli klublarini Superligadan voz kechishga da’vat eta boshladilar. Natijada bu klublar birin,ketin loyihada ishtirok etmasliklarini ma’lum qildilar. Faqat UYEFA sanksiyalariga duch kelgan «Barselona», «Real» va «Yuventus» qoldi.

Superliga nima  uchun kerak?

Bernd Rayxart jahon futbolidagi ikkita asosiy muammoni alohida ta’kidlab o‘tdi: yosh muxlislar auditoriyasining futbolga bo‘lgan qiziqishi pasayib ketganligi va ortiqcha ahamiyatsiz uchrashuvlarning ko‘payib ketganligi.

Rayxart shuningdek, 2024|2025 yillar mavsumidan joriy etilajak YECHLning yangi formatini tanqid qilishga ham ulgurdi: «Ochig‘ini aytganda, YECHLning yangi formatida qandaydir ijobiy jihatni ko‘rmayapman. Aksincha, hammasi yanada yomonroq bo‘lishi mumkin. Nazarimda, ahamiyatsiz o‘yinlar soni ko‘payib ketayotgandek. Tizimni qaytadan ko‘rib chiqilishi va tegishli o‘zgarishlar kiritish lozim».

Rayxartning aytishicha, Superligani 2-3 yil ichida joriy etish mo‘ljallanmoqda. Taxminiy start sanasi - 2024|2025 yillar mavsumi. Loyihani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish maqsadida A22 Sports Management maxsus kompaniya­si tashkil etilgan.

SODIQ SOBIR tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 13:00, 29.11.2022.
O'qildi: 1719 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.