Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona

Anvar Oxunov xulosasi – «Futbolga ko‘ngil qo‘yganlar yaxshilikka moyil bo‘ladilar»

Anvar Oxunov xulosasi – «Futbolga ko‘ngil qo‘yganlar yaxshilikka moyil bo‘ladilar»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Futbol olami faqat maydondagi o‘yindan iborat emas. Uning atrofida qanchadan-qancha kishi mehnat qiladi.

 Biroq maydon chetida yelib-yuguradiganlar ko‘pincha e’tibordan chetda qolishadi. Deylik, stadion suxandoni muxlislarga zarur ma’lumotlarni yetkazib bermasa, futbol tomoshasi to‘kis bo‘larmidi? Ha, suxandonlik oson yumushdek tuyuladi, lekin bunda ham o‘ziga yarasha ikir-chikirlari, nozik tomonlari bor, albatta. 1988 yildan buyon Qo‘qon shahridagi «Markaziy» stadionida o‘z ishini sidqidildan bajarib kelayotgan usta suxandon Anvar aka Oxunov bilan suhbatimizda sohaning shu nozik tomonlari haqida so‘z bordi. O‘z o‘rnida suhbatdoshimiz yaqinda mavsum yakunlariga bag‘ishlangan tantanali taqdirlash marosimida «Fidoyilik ramzi» sovriniga munosib ko‘rilganini eslatish joiz. 

- Anvar aka, avvalo, futbolga qiziqishingiz qachon va qanday boshlanganini eslasak...

- 1964 yili sobiq ittifoq oliy ligasi  yakunida Tbilisi «Dinamo»si va Moskva «Torpedo»si teng miqdorda ochko to‘plagach, chempionlik uchun Toshkentda qo‘shimcha uchrashuv tashkil etilgan. O‘shanda 10 yoshda edim. Xullas, hal qiluvchi o‘yinni televizor orqali ko‘rish asnosida futbol asiriga aylanganman. Esimda, gruziyaliklar o‘ta chiroyli o‘yin namoyish etib, 4:1 hisobida g‘alaba qozonishgandi. 1966 yildan esa «Paxtakor» statis­tikasi uchun alohida daftar tuta boshlaganman. 7-10-sinflarda o‘qigan payt parovozda mashinist yordamchisi bo‘lib ishlaganman. Poyezdni bosh­qarib borib, navbatdagi stansiyaga yetishim bilan futbol haqidagi gazetalarni o‘qishga tushardim: «O‘zbekiston fizkulturachisi», «Futbol», «Sovetskiy sport»... O‘sha vaqtdagi jamoalar tarkibini hozir ham yoddan aytib berishim mumkin. Shota - Anvar aka, avvalo, futbolga qiziqishingiz qachon va qanday boshlanganini eslasak...

- 1964 yili sobiq ittifoq oliy ligasi  yakunida Tbilisi «Dinamo»si va Moskva «Torpedo»si teng miqdorda ochko to‘plagach, chempionlik uchun Toshkentda qo‘shimcha uchrashuv tashkil etilgan. O‘shanda 10 yoshda edim. Xullas, hal qiluvchi o‘yinni televizor orqali ko‘rish asnosida futbol asiriga aylanganman. Esimda, gruziyaliklar o‘ta chiroyli o‘yin namoyish etib, 4:1 hisobida g‘alaba qozonishgandi. 1966 yildan esa «Paxtakor» statis­tikasi uchun alohida daftar tuta boshlaganman. 7-10-sinflarda o‘qigan payt parovozda mashinist yordamchisi bo‘lib ishlaganman. Poyezdni bosh­qarib borib, navbatdagi stansiyaga yetishim bilan futbol haqidagi gazetalarni o‘qishga tushardim: «O‘zbekiston fizkulturachisi», «Futbol», «Sovetskiy sport»... O‘sha vaqtdagi jamoalar tarkibini hozir ham yoddan aytib berishim mumkin. Shota Arveladze yurtimizda ishlagan vaqti unga bir nafasda chamasi 30 nafar gruzin futbolchisi ism-familiyasini aytib bersam, hayratlanib, quchoqlab oldi. Ha, futbol meni chinakamiga sehrlab olgandek. Suxandonlikka bunchalik qiziqishimning asosiy sababchilaridan biri esa - marhum Axbor aka Imomxo‘jayev. Aynan u kishining sharhlarini tinglab, o‘zgacha zavqlanardim. Ayniqsa, «Paxtakor» g‘alaba qozonsa, men uchun bayram boshlanardi. Axbor aka yana «Futbol chorrahalarida» ko‘rsatuvini maromida olib borardilar. 

- Axbor aka bilan bog‘liq biror voqeani aytib bersangiz...

- U kishini haligacha ustoz sifatida bilaman. Esimda, Axbor aka Qo‘qonga tashriflaridan birida, o‘yin yakunlangach, meni yonlariga chaqirib, ozgina saboq bergandilar: «So‘g‘diyona» darvozasiga Jalil Kimsanov gol kiritdi», deding. Gol emas, to‘p kiritdi, deyish kerak». Shu-shu golni ustoz aytgandek e’lon qilib kelyapman.

- Shogirdlar ham bormi?

Shogird chiqarishni jonu-dilim bilan xohlayman, lekin ma’lumotlarni kimdingdir miyasiga joylab qo‘yolmayman-ku. Demoqchimanki, suxandonlikka qiziquvchining o‘zida statistik ma’lumotlarga e’tibor, yodlab qolish qobiliyati bo‘lishi kerak. Stadion suxandonining adashishga aslo haqqi yo‘q. Axir minglab muxlislarni chalg‘itib qo‘yishi hech gap emas. Statistik ma’lumotlarni aytishdan oldin barchasini qayta-qayta tekshirib, ularning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilish kerak. Deylik, gohida muxlislar o‘yindan so‘ng oldimga kelib, dangal e’tiroz bildirishadi: «Anvar aka, mana bu ma’lumotingiz noto‘g‘ri, uni qayerdan oldingiz...?» Shunday vaqtda ma’lumotlarni ishonch­li manbalardan to‘plaganingizni ko‘rsatib, barchasini isbotlab berishingizga to‘g‘ri keladi. Agar dalillarni keltirolmasangiz, muxlislarda sizga nisbatan hurmat ham, ishonch ham pasayadi. 

- Hozir internet zamonida yashayapmiz. Endilikda har qanday o‘yin uchun ma’lumot to‘plash ancha oson. Shundaymi? 

Ha, lekin bunda ham o‘ziga xos nozik jihatlarni nazardan qochirmaslik talab etiladi. Deylik, manbalar ko‘p va ulardagi ma’lumotlar bir-biridan farqlanishi mumkin. Suxandon esa barchasini bir joyga to‘plab, eng to‘g‘risini havola etishi kerak. Oldin internet yo‘q edi va ma’lumotlarni faqat gazetalardan olardik. Shunda ham jamoalar haqida imkon qadar to‘liq ma’lumot yetkazishga harakat qilardik. 

- Faoliyatingiz davomida qiziqarli voqealar ham ko‘p kuzatilgan bo‘lsa kerak...

- Ha, 1988 yildan buyon stadion suxandoni sifatida fao­liyat yuritayotgan bo‘lsam, ortda qolgan davrda ne-ne voqeliklar shohidiga aylandim. Bitta misol: Uzoq Sharq safariga chiqdik. Naxodka shahriga yetib borgach, Yapon dengizi bo‘yidagi mehmonxonaga joylashdik. Havo juda sovuq. Birdan jamoa a’zolari Damir Raxmatulin va Oydin Aliyev o‘zaro bahslashib qolishdi. Xullas, Oydinbek garov bog‘lab, suvga tushdi va 10 daqiqa chiqmadi. Shu tariqa Damirning qo‘l soatini yutib oldi. Tasavvur qiling, kuchli sovuq havoda suv ostida 10 daqiqa turish... Umuman, jamoa juda inoq edi.

Yana bir voqea: Igor Polishuk dengiz qirg‘og‘i bo‘ylab sayr chog‘i sigareta chekib yurganini ko‘rib qoldim. Menga nazari tushgani bilan sigareta qoldig‘ini suvga tashlamoqchi bo‘ldi. Shunda uni to‘xtatishga zo‘rg‘a ulgurdim. Yonimdagi Jamoliddin Tojiboyev esa Igorni tinchlantirishga tushdi: «Qo‘rqma, Anvar aka hech kimga aytib bermaydi». Polishuk shu-shu ancha vaqtgacha ortimdan yurdi, mendan uzoqlashgisi kelmadi. Goh-gohida so‘z qotardi: «Anvar aka, rostdan ham, chekkanimni aytmaysiz-a? Iltimos, Motlaxga aytmang...». Unga chaqimchilik qilmasligimni takror-takror aytsam ham, so‘rayverdi. Shunda dangal shart qo‘ydim: «Igor sigareta chekish avvalo, o‘z sog‘lig‘ingga ziyon, qolaversa, faoliyatingga zarar. Birinchi marta ko‘rganim uchun hech kimga aytmayman. Lekin yana biror marta chekkaningni ko‘rib qolsam yoki eshitsam, o‘zingdan ko‘r, xafa bo‘lish yo‘q...». Shu-shu dars bo‘ldi, shekilli, yo‘limiz kesishgani hamono men tufayli sigaretani batamom tashlaganini eslatadigan bo‘ldi. Mana, sizga o‘tgan asrning 90-yillari futbolidagi tarbiya.

35 yil futbol ichida yurgan bo‘lsam, ne-ne murabbbiylar, ne-ne o‘yinchilarni ko‘rdim, turli-tuman xarakterga ega muxlislarni uchratdim. Muhimi, futbolga mehr bergan insonlar faqat yaxshilikka moyil bo‘lishlariga ishonch hosil qilganman. Futbolga chinakamiga ko‘ngil berish hammaga ham emas. Muxlislik nima ekanligini tushunmaydigani oldida futbol haqida so‘z ochsangiz, ensasi qotadi. Har qanday holatda ham, o‘zbek futboli rivojiga ozgina hissa qo‘shishdan baxtiyorman, kelgusida milliy jamoamiz jahon chempionatida qatnashishiga ishonchim komil. Shubha yo‘q, bizning muxlislar ham hali jahon arenalarida bosh jamoamizni chiroyli tarzda qo‘llab-quvvatlashadi, g‘alabalarni go‘zal holatda nishonlashadi.

R.IBROHIMOV suhbatlashdi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:31, 19.12.2022.
O'qildi: 1071 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.