Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Evelina Kristilini: «Superliga loyihasi - katta xato, ayniqsa, «Yuve» uchun»

Evelina Kristilini: «Superliga loyihasi - katta xato, ayniqsa, «Yuve» uchun»

Baho:
+ | -

Yevropada Superliga tashkil etish harakatiga start berilgach, qit’a futbolida og‘ir kunlar boshlandi.

 Jumladan, UYEFA kengashi a’zosi Evelina Kristilini xonim ham oromini yo‘qotdi. U La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida voqea­larning bunday rivojidan o‘zini qo‘yarga joy topolmaganini esladi: «Ha, bunday voqelikni sira kutmagandim va «shok» holatiga tushib qoldim. Siqilganimdan ota-onam qabri ustiga borib, rosa yig‘ladim. To‘g‘risi, bu faoliyatim davomidagi eng og‘ir davr bo‘ldi. Axir hammasi juda dramatik tus oldi. Chunonchi, Anyellilar oilasiga yaqinligim, Avvokato va Umbertolarga hamisha chuqur minnatdorchilik hissi bilan qaraganimni hisobga olsak, o‘ta noqulay holatda qolgandim. Ha, «Yuventus»ning ashaddiy muxlisasiman, ammo baralla aytaman - Superliga loyihasi katta xato bo‘ldi». Evelina xonim oxirgi kunlar Doxada bo‘lib, JCH o‘yinlarini bevosita kuzatish barobarida yirik tadbirlarda ishtirok etdi. Anyellilar oilasining umrboqiy do‘sti va «Yuventus»ning katta muxlisasi 2016 yilning 14 sentyabridan buyon UYEFA kengashi a’zosi hisoblanadi. Demakki,  Superliga g‘oyasi e’lon qilingan kunda uning qanday ichki notinchlik aro qolganini tasavvur qilish qiyin emas.

- Kristilini xonim, bugun Superliga loyihasi e’lon qilingan kunni eslaganda, xayolingizga birinchi navbatda nimalar keladi?

- Menimcha, bu harakat yakuni o‘z-o‘zidan ma’lumdek ko‘ringan bo‘lsada, vahima uyg‘otgandi, baribir. Tashkilotchilar yo‘llagan murojaatda UYEFA va FIFA hukmronlikni suiiste’mol qilayotgani bayon etilgan va hammasi shunga asoslangandi. Mana, bugun bunday ayblov noo‘rin ekanligi ko‘rinmoqda. Qisqasi, Superliga loyihasi noto‘g‘ri tug‘ildi. Zero, barcha siyosiy va sport institutlari UYEFA tarafini oldi, asosiysi, eng avvalo, muxlislar zudlik bilan norozilik bildirib, aniq pozisiya egalladilar. Superliganing ta’sischi klublari muxlislar, xalq manfaatini hisobga olmagani tayin. Futbolda mavjud jamoalar va muxlislar o‘rtasidagi hissiy aloqalarni uzish - buni tushunish amri-mahol...

- UYEFAning oxirgi bayonotida birinchi navbatda, sport daxlsizligini himoya qilish zarurligi alohida ta’kidlandi...

- Shunday va bu - eng muhim xabar. Chunonchi, katta rasmiy musobaqalardan tashqari, ko‘plab loyihalar bor. Deylik, yoshlar va ayollar futbolini rivojlantirishga qaratilgan harakatlarni misol keltirish mumkin. UYEFAning bosh maqsadi - futbol chegarasini toraytirish emas, unga imkon qadar ko‘proq odam jalb qilish. Shu ma’noda aytsak, UYEFA inklyuziv tuzilmadir.

- UYEFA va Superligaga asos solishga uringan klublar o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanishi mumkinmi?

- Shaxsan menda shunday umid yo‘q emas. UYEFA murosa yo‘liga moyil, bu masalada hech qanday istisno yo‘q. Mana, «Yuventus»da allaqachon rahbariyat o‘zgardi. Parij mezbonlik qilgan CHL-2021|2022 finali vaqti «Real» rahbari Florentino Peres va UYEFA prezidenti Aleksandr Cheferinning yonma-yon o‘tirishgani ham yaxshilik alomatidir. O‘ylashimcha, klublar rahbariyati ham ko‘p narsani tushundi. UYEFA nizomida barchaga hurmat bilan qarash zarurligi ko‘rsatib qo‘yilgan aniq moddalar bor. Hozir hech kim qasos olishni o‘ylamayapti, hamma yagona futbol tuzilmasi tarafdori, xolos.

- UYEFA CHL formatini qayta ko‘rib chiqish jarayonida klublar talablariga e’tibor qaratayotgani nimadan dalolat?

- Birdam bo‘lish istagidan, albatta. UYEFA bir joyda qotib turishni istamaydi, har doim futbol manfaati yo‘lida muloqotga tayyor. Bunda avvalo, muxlislar ehtiyojini qondirish masalasi turishi o‘z-o‘zidan ayon. Superliga g‘oyasi - bu ta’sischilar tomonidan katta qarzni yopish uchun o‘ylab topilgan iqtisodiy hiyla. Loyihani hamma bilan baham ko‘rmaslik esa, eng katta va jiddiy xatodir.

- Yana ortga qaytamiz: mojaroli xabarni qanday qabul qilgandingiz?

- Avvaliga ishonmadim. Turli yig‘ilishlarga Andrea Anyelli bilan tez-tez birga borardik va undan bu borada hech nima eshitmagandim. Tashkilotchilar oxiriga qadar barchasini yashirishdi. Vaholanki, bu borada ancha oldin harakat boshlagan ekanlar... 

- Eng qizig‘i, Superliga loyihasini yarim tunda oshkor qilishdi...

- Bundan butun dunyo futboli bir qalqib tushdi. Shaxsan men o‘zimni qo‘yarga joy topolmadim. Anyellilar oilasiga munosabatim va UYEFAdagi rolimni hisobga olib, qanday vaziyatda qolganimni osongina fahmlash mumkin. Boz ustiga, har 10 daqiqada ssenariy o‘zgarib turdi, nimalar bo‘layotganini tushunish mushkullashdi. 24 soat davomida to‘xtovsiz uchrashuvlar - bu yaxlit tizimga qaratilgan qotillik hujumiga o‘xshardi...

- UYEFA ham darhol reaksiya bildirdi.

- O‘sha kechaning o‘zida Fransiya prezidenti Makron va Buyuk Britaniya bosh vaziri Jonson telefon orqali aloqaga chiqishdi. Ertasiga boshqa mamlakatlar bayonot berdi. Hozir to‘g‘ridan-to‘g‘ri va hech qanday shubhasiz aytaman, Superliga yaratish g‘oyasi noto‘g‘ri edi. Chunki futbol ayrim kuchli klublargagina emas, hammaga tegishli. Superliga loyihasi nega tezda barbod bo‘ldi? Chunki futbolning eng muhim bo‘g‘ini - muxlislar buni butunlay e’tiborsiz qoldirishdi. O‘z jamoalarini yaxshi ko‘radigan, futbolga pul va vaqt sarflaydigan, buyuk, samimiy ishtiyoq bilan taraqqiyotga turtki beradigan muxlislar armiyasiga tasanno! Xalqning noroziligi loyiha naqadar xato ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi va 9ta klub zudlik bilan chekindi.

- Andrea Anyelli bilan munosabatingizdan kelib chiqsak, o‘zingizni unga xiyonat qilgandek sezmayapsizmi?

- Hech qanday xiyonat yo‘q! Shunchaki, yuragim ikkiga bo‘lindi. O‘zimni boshqacha tutolmasdim ham. Asosiysi, bu voqealar Anyellilar oilasiga nisbatan mehrim, «Yuve»ga hurmatimni zarracha pasaytirmaydi. Ishonamanki, klub tezda qayta oyoqqa turadi. Bunday holatlarda nima deyish kerakligini bilasiz, albatta - «Hammasi yaxshilikka!»

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:23, 23.12.2022.
O'qildi: 1144 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.