Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Ular qashshoqlikdan qutulishlari shart emas edi

Ular qashshoqlikdan qutulishlari shart emas edi

Baho:
+ | -

Futbolchi uchun odatiy voqea qashshoqlikdan qutulish va sport orqali muvaffaqiyatli va mashhur bo‘lishdir. Biroq, barcha buyuk futbolchilar ham oddiy oilalardan chiqmagan. Ba’zilar futbol karerasisiz ham havas qiladigan hayot kechirishi mumkin edi. Shunga qaramay, to‘pga bo‘lgan muhabbat bu odamlarni mashhur shaxslarga aylantirdi.

Bizning bugungi maqolamiz badavlat oilalardan bo‘lgan futbolchilar haqida. Qo‘shimcha qilamizki, ushbu maqolada taniqli, badavlat sportchilarning farzandlari bo‘lmaydi. Aks holda, ro‘yxat ancha katta bo‘lar edi.

Oliver Birhoff

Germaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi, Yevro-1996 dagi “oltin” gol muallifi o‘tgan yilning dekabriga qadar terma jamoa rahbariyatida ishlagan. Birhoff 18 yil davomida Germaniya terma jamoasini boshqargan. Oliver faqat boshqa sohada katta xo‘jayin sifatida martaba qilgan otasining yo‘lidan bordi. Rolf Birhoff sanoat kompaniyasi boshqaruvi a’zosi va Yevropa elektr sanoati ittifoqi prezidenti edi. U o‘g‘lining futbol bilan shug‘ullanishiga ruxsat berganiga sabab uning o‘zi ham darvozabon sifatida o‘ynashga harakat qilgan.

Robin van Persi

Niderlandiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar otasining xohish-istagini ro‘yobga chiqarmadi. Otasi uni rassom bo‘lishini xohlagan, lekin uning ish quroli mo‘yqalam emas to‘p bo‘lib chiqdi.

Futbolchi bo‘lib, u, albatta, ota-onasini hayratda qoldirdi. Uning ota-onasi muvaffaqiyatli haykaltarosh Bob van Persi va taniqli rassom Xose Ras edi. Van Persi bolaligini Rotterdam muhitida o‘tkazdi. Ammo hamma narsa bir tekisda o‘tmadi. Robin uch yoshida ota-onasi ajrashishdi va u otasi bilan qoldi.

Mario Gyotse

2014 yilda Gyotse jahon chempionatida Germaniya terma jamoasiga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qilgandi. Ajablanarlisi, bu holatda nemislarning yirik turnirdagi g‘alabali golining muallifi badavlat oilada o‘sgan futbolchi bo‘ldi. Uning otasi Yurgen Gyotse El va Dortmund universitetlarining kompyuter fanlari bo‘yicha sobiq professori, Germaniyada juda yaxshi obro‘ga ega odam.Gyotse o‘g‘lining futbolchi bo‘lish istagini to‘liq qo‘llab-quvvatladi va adashmadi.

Kaka

2007 yilda "Oltin to‘p" sohibi kelajak uchun kurashda qashshoqlikdan chiqib ketishi shart emas edi. "Real Madrid", "Milan" va Braziliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisining otasi muvaffaqiyatli qurilish muhandisi bo‘lgan. Uning oilasi o‘zlari uchun qars sotib oladigan darajada boy bo‘lmasa-da, farovan hayot uchun yetarlicha pullari bor edi. Agar Kaka otasining kasbini tanlaganida, futbolsiz ham yaxshigina pul ishlab topgan bo‘lishi aniq edi. Biroq, San-Pauluga ko‘chib o‘tish Braziliya top-klubi akademiyasiga kirishiga yordam berdi va Kaka sport tufayli millionerga aylandi.

Ugo Lyoris

Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionati yakunida Fransiya terma jamoasining o‘yinlar soni bo‘yicha rekordchisi va “uch ranglilar” sardori terma jamoadagi faoliyatini yakunladi. Terma jamoa bilan deyarli barcha cho‘qqilarni zabt etgan Lyoris o‘z biznesida ota-onasi kabi muvaffaqiyatli bo‘lib chiqdi. Darvozabonning otasi Lyuk Monte-Karloda bankir, onasi Mariya esa advokat edi. 2008 yilda Ugo nafaqat Fransiya terma jamoasida debyut qildi.

Jerar Pike

Pikening ham ota-onasi juda hurmatga sazovor insonlardir. Uning otasi advokat va o‘zining yuridik firmasiga ega bo‘lgan muvaffaqiyatli biznesmen. Onasi Barselonadagi tibbiyot instituti direktori. Jerar har qanday kasbni tanlashi mumkin edi, uning uchun barcha eshiklar ochiq edi. Shunga qaramay, Pike bobosi Amador Bernabeuning yo‘lini tanladi. U futbol bilan ham shug‘ullangan, "Barselona" vise-prezidenti lavozimida ishlagan. Shubhasiz, oilada hech kim Jerarning qaroridan afsuslanmadi.

Pirlo

Italiyalik ajoyib yarim himoyachi, hozirda Otabek Shukurovning bosh murabbiyi otasining ishini davom ettirib, futboldan tashqari biznesga kirishi mumkin edi. Luidji Pirlo ikkita metallurgiya zavodiga egalik qilgan, onasi Lidiya esa shahar merining jiyani bo‘lgan. Bundan tashqari, ular uzumchilik bilan ham shug‘ullangan.

Kiritildi: 13:27, 19.01.2023.
O'qildi: 5162 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.