2007 yilda Messi o‘z o‘yini bilan e’tiborni tortdi - bir yil oldin Leo «Barsa»ning asosiy jamoasiga kira boshlagan va otasi esa o‘g‘lining kelajagi buyuk ekanini tushunib, iqtisodiy nyuanslar haqida o‘ylay boshladi. Asosiy vazifa o‘g‘lining imidjidan tushgan foydani moliyaviy jihatdan optimallashtirish edi. Oddiy qilib aytganda, uning foydasiga soliqlarni iloji boricha kamaytirish va buni qonuniy ravishda uddalash. Buning uchun taniqli usul mavjud - «o‘zaro Irlandiya kelishuvi», o‘yinchining imidj huquqi bitta kompaniyaga sotiladi va ularni amalga oshirishda sherik kompaniyalar tarmog‘idan foydalaniladi. Bu sxema soliq imtiyozlarini kamaytirish imkonini beradi.
Ammo bu oxir-oqibat Messini 2013 yilda 2007 va 2009 yillar oralig‘idagi 4,1 million yevro soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblanishiga olib keldi. Prokurorlarning ishonchi komil edi: Pepsi-Cola, Procter & Gamble, adidas, Banco Sabadell, Danone va Kuwait Food bilan shartnomalar Beliz, Urugvay, Shveysariya va Buyuk Britaniyada ofshorga ketayotgan edi, Messi oilasi esa soliq to‘lashdan qochgan. Shunday qilib, Leo o‘zining 10,1 million yevrolik reklama daromadi uchun deyarli hech narsa to‘lamadi. Messi ayblovdan qochib qutula olmadi, chunki uning imzosi ba’zi «Panama hujjatlari»da paydo bo‘lgan. Tergov davomida Lionel va uning otasi Mega Star Enterprises shirkatining foyda oluvchilari ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu hiyla-nayranglarning barchasi Urugvayning Mossack Fonseca yuridik firmasi tufayli amalga oshirildi, u Lionel imzolagan o‘sha «Panama hujjatlari»ni tegishli idoralarga topshirdi. Shuningdek, Messi boshqa bir kompaniya Jenbril S.Aning yagona hamkori ekanligi ham tasdiqlandi.
«Men futbol o‘ynayman. Boshqa hech narsani bilmayman!»
Sud jarayoni 2015 yilga belgilangan edi, biroq Messi sudgacha ishni to‘xtatishga urindi. Futbolchi 5 million yevro «jarima to‘lovi»ni amalga oshirdi, ammo bu yordam bermadi. «Men futbol o‘ynaganman. Men hech narsani bilmasdim. Otamga va advokatlarimga ishondim», - dedi sudda futbolchi barcha ayblovlarni rad etib, moliyaviy masalalar bilan shug‘ullanmaganini ta’kidladi, chunki bu masalalar bilan uning otasi va professional maslahatchilari shug‘ullangan. Shu sababli, Leo go‘yo ular imzolagan hujjatlarni ham o‘qimagan. Dastlab, Messi soliqlarni to‘lamaganlikda gumon qilingan edi. Ofshor kompaniyalar bilan ishlagan paytda u atigi 18 yoshda edi. Sud jarayonida nafaqat prokuratura, balki davlatdan advokat ham ishtirok etgani Leoning ahvolini og‘irlashtirdi. Aynan u o‘g‘lini ham, otasini ham 22 oylik qamoq jazosiga hukm qilishni talab qilgan. Natijada sud haqiqatan ham shtat vakili tarafini oldi va Xorxe ham, Lionel Messi ham uchta epizodda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda aybdor degan xulosaga keldi.
Futbolchi va uning otasi 21 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi va jarimaga tortildi. Leo uchun - 2 million yevro, Xorxe Messi uchun esa 1,5 million. Ispaniya qonunchiligi uni qamoqdan qutqardi, unga ko‘ra soliq jinoyatlari uchun ikki yilgacha bo‘lgan muddat shartli qamoq jazosi bilan almashtirilishi mumkin. Lionel aybini tan olmadi. U Ispaniya Oliy sudiga apellyasiya arizasi bilan murojaat qilgan, keyinchalik u rad etilgan. Shunga qaramay, «Barselona» futbolchi tomonida bo‘ldi va Leoni omma oldida qo‘llab-quvvatladi. «Barselona» hukmi munosabati bilan Leo Messi va uning otasi to‘liq qo‘llab-quvvatlanishi kerak edi. Ya’ni prokuratura pozisiyasiga ko‘ra, Ispaniya soliq idorasida o‘z holatini to‘g‘irlagan futbolchi hech qanday holatda jinoiy javobgarlikka tortilmasligi kerak. Leo Messi va uning oilasi futbolchi o‘zining aybsizligi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun «Barselona»ning yordamiga ishonishda davom etishi mumkin», — deyiladi Kataloniya klubi bayonotida.