Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

A seriya: chindan ham nodir mavsum!

A seriya: chindan ham nodir mavsum!

Baho:
+ | -

«Napoli» «A» seriya turnir jadvalida  bejiz ishonch bilan peshqadamlik qilmayapti. Luchano Spalletti jamoasi Italiya chempionati joriy mavsumida deyarli barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha oldinda.

 Neapol esa hozirdan skudettoni nishonlashga shaylanmoqda. Diqqat qiling, «Napoli» 20 tur hosilasiga ko‘ra, 2-o‘rindagi «Inter»dan 13 ochkoga ilgarilab ketdi. Qolaversa, «adzurralar» «A» seriya doirasidagi oxirgi 16ta o‘yindan 15tasini g‘alaba bilan tugatishdi.

*** «Inter»da atigi 1ta durang bor. Darvoqe, «Napoli» bu mavsum birgina Simone Inzagi jamoasiga yutqazdi, xolos. 

*** Xvicha Kvarasxeliya - «A» seriyaning eng yaxshi assistenti (8ta assist). To‘g‘ri, Sergey Milinkovich-Savich («Lasio»)da ham shuncha samarali uzatma bor. 

*** Aleks Meret «quruq» o‘yinlar soni (8ta) bo‘yicha ligada 3-ko‘rsatkich sohibidir. «Napoli kiperi bu borada faqat Voysex Shesni (9ta) va Ivan Provedel (11ta)dan orqada.

*** Viktor Osimxen - liganing eng yaxshi snayperi (14ta gol). Darvoqe, «A» seriya tarixida afrikalik futbolchi hali biror marta bosh to‘purar bo‘lgan emas. 

*** «Napoli» mahsuldorlik bobida ligadagi eng yaqin ta’qibchisi «Inter»ni 8ta gol darajasida ortda qoldirmoqda: 48ga 40. To‘g‘ri, xG bo‘yicha ikki jamoa o‘rtasidagi farq nisbatan kichik: 43ga 38.

Darvoqe...

«Roma» bosh murabbiyi Joze Mourinyo yakshanba kuni «Napoli»ga qarshi o‘yin boshlanmasidan oldin Neapolni skudetto bilan tabrikladi: «Napoli»ni chempionatdagi g‘alabasi bilan qutlayman. Skudetto neapolliklarniki, ular sovrinni yutib bo‘lishdi haqli ravishda». Ko‘rinishidan, portugaliyalik mutaxassis haq va unga qo‘shilish kerak...

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 16:20, 05.02.2023.
O'qildi: 1265 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.