Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Azmun Eron MTJga chaqiruv olmadi: ikkita sabab ustuvor

Azmun Eron MTJga chaqiruv olmadi: ikkita sabab ustuvor

Baho:
+ | -

Biri keskin ijtimoiy, ikkinchisi esa sof futbol tomonlama

Serdar Azmun Eron terma jamoasida Rossiya bilan o‘yinda maydonga tushmaydi. Xabarlarga ko‘ra, «Bayer» forvardi shaxsiy sabablarga ko‘ra o‘yinda ishtirok eta olmasligini aytdi. Eronlik futbolchi terma jamoa murabbiylar shtabidan uzr so‘radi va o‘z qarorini oqladi. Serdarning shaxsiy sabablarini tushuntirish oson emas, lekin ikkita taxmin bor.

Serdar Azmun nega Rossiya terma jamoasi bilan o‘ynamaydi? Ikkita mumkin bo‘lgan versiya

Oxirgi marta Serdar Azmun Eron terma jamoasi safida Qatardagi jahon chempionatida ishtirok etgandi. U yerda hujumchi guruh bosqichining uchta o‘yinida ham maydonga tushdi, ammo samarali harakatlari bilan ajralib turmadi. Shu bilan birga, Serdar Azmunning o‘z vataniga qaytishni istamasligining asosiy sababi uning hukumatga qarshi pozisiyasida ekanligida ko‘rinadi.

2022 yilning kuzida «Bayer» hujumchisi Erondagi rasmiylarga qarshi namoyishlarni qo‘llab-quvvatlagan. Mamlakatda Mahsa Amini o‘ldirilganidan xabaringiz bor. Vise-polisiya uni hijobda «noto‘g‘ri» harakatlangani uchun hibsga oldi. Mamlakatni esa hukumatga qarshi namoyishlar bosib ketdi. Qiz polisiya bo‘limidan olib kelinganidan keyin kasalxonada vafot etgan. «Yurtim qizlari, Vatanimning mard ayollari! Umid qilamanki, qachondir butun dunyo sizni hurmat qiladi», — deb yozdi Azmun o‘zining ijtimoiy tarmog‘ida. Keyinroq Iran Wire eronliklar bosh murabbiyi Karlush Keyrushga hujumchini JCH-2022 terma jamoasiga kiritmaslik uchun bosim o‘tkazilgani haqida ma’lumotni e’lon qildi. Manbaga ko‘ra, sport vazirligi, shuningdek, mamlakat futbol federasiyasi Azmun avvalroq Eronda hukumatga qarshi harakatlarni qo‘llab-quvvatlaganligi sababli qaydnomaga kiritilmasligini talab qilgan.

Yana bir versiyaga ko‘ra, Serdar Azmun Germaniyada qolmoqchi. Joriy mavsumda hujumchi jarohati sabab bir oyni o‘tkazib yubordi va JCHga o‘yin amaliyotisiz yo‘l oldi. Bu Azmunning turnirda gol ura olmaganini tushuntirishi mumkin. Fevralda forvard maydonga tushdi: Serdar «Mayns» bilan 90 daqiqa maydonda o‘ynadi va golli uzatmani amalga oshirdi, keyingi o‘yinda «Frayburg»ga, keyin esa «Gerta»ga gol urdi. Uchta uchrashuvda 2+1 - yaxshi natija. Serdar «Verder» bilan uchrashuvda ikki daqiqa ko‘rinish berdi va «Bavariya»ga qarshi zaxirada qoldi.
Aftidan, eronlik futbolchi o‘z formasini tiklash va asosiy tarkibga kirish uchun Leverkuzenda vaqt o‘tkazmoqchi. Uning jamoasi Yevropa ligasining chorak finaliga chiqdi va Bundesligada yevrokuboklar uchun kurashmoqda. Shubhasiz, Azmun «Bayer»ga yordam berishni xohlaydi va klubdan chetda qolib ketmoqchi emas.

Kiritildi: 20:51, 20.03.2023.
O'qildi: 2380 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.