Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Antonio Ryudiger: «Ramazon xarakterni ham toblaydi!»

Antonio Ryudiger: «Ramazon xarakterni ham toblaydi!»

Baho:
+ | -

«Real»ning germaniyalik himoyachisi Antonio Ryudiger ispan futboliga moslashib ulgurdi hisob.

Futbolchining o‘zi ham Marca nashriga bergan eks­klyuziv intervyusida «Qirollik klubi»ga moslashuv jarayoni ortda qolgani, bunda katta muammo ko‘rmaganini tilga oldi. Demak, Antonio mavsumning yakuniy qismida yanada faollashsa, ajabmas. Ayniqsa, Yevropa Chempionlar Ligasining hal qilivchi o‘yinlarida.

- Antonio, qiziq, har doim ham shunday quvnoqmisiz?

- Ha, faqat maydon tashqarisida. Axir kundalik hayotda atrofingizdagilarga tabassum bilan qaramaslik uchun hech qanday sabab yo‘q. Qalban tanlagan shiorim ham oddiy - kamtarlik va tabiiylik. Har holda, ota-onam meni shunday tarbiyalashgan. Hayotda omadim chopdi, mana, yaxshi yashayapman. Shunday ekan, futbol menga bergan narsalarni odamlar bilan baham ko‘rishim kerak. Hozir hammasiga egaman, lekin mutlaqo boshqacha muhitda o‘sib-ulg‘ayganimni aslo unutmayman. Qolaversa, haqiqiy boylik pul yoki buyumlar bilan o‘lchanmaydi. Deylik, men uchun eng muhimi - oila.

- Syerra-Leonega haligacha tez-tez borib turibsizmi?

- Imkon tug‘ilishi bilan boraman, albatta. U yerda jam­g‘arma ochganman va shu asnoda muhtojlarga imkon qadar yordam qo‘lini cho‘zishga intil­yapman. Shu ish bilan boshqacha baxtni tuyaman.

- Futbolchi sifatida ayting, Ramazon oyi shaxsan sizga qanday ta’sir qiladi?

- Bunga allaqachon ko‘nikkanman. Kun bo‘yi hech narsa yemayman, ichmayman, ro‘za qoidalariga qat’iy rioya qilaman. Chetdan qaraganda, bu oson emas, lekin miyangiz va xarakteringizni shu tarzda toblaysiz, nafs tiyishni o‘rganasiz. Bular esa har bir insonning eng kuchli qurollari hisoblanadi.

- Anchelotti yoki Pintus bilan Ramazon oyi qoidalariga rioya qilish yuzasidan gaplashdingizmi?

- Diyetolog sog‘lom ovqatlanish  mexanizmlari bo‘yicha ba’zi tushunchalarni berdi. Ramazonda eng asosiysi, qanday mahsulotlar tanovul qilish va nima ichish kerakligini bilishdir. Agar bu borada Pintus bilan gaplashsam, u meni yugurishga majbur qiladi, shunday ekan, diyetologdan mashalat olish ma’qulroq (kuladi).

- Kuniga necha marta ibodat qilasiz?

- Albatta, 5 mahal.

- Madridda qanday yashayapsiz?

- Hammasi yaxshi. Ispaniyada baxtliman, chunki bu yerda odamlar juda mehmondo‘st va samimiy. Deylik, yolg‘iz qolishni istasangiz, unda odamlar qaroringizga hurmat bilan qarashadi, hech kim qandaydir bosim o‘tkazmaydi. Qisqasi, bu yerda hammasi zo‘r - klub ham, jamoadoshlarim va xodimlar ham, shahar ham.

- Madrid bo‘ylab sayr qilishni yoqtirasizmi yoki Toni Kroos kabi doimo uyda o‘tirish ma’qul?

- Tabiatan biroz ochiqroqman... Odamlar bilan muloqotga kirishish, yangi madaniyatni o‘rganishga xohishim baland. Sayrga chiqish, Madridda qanday qadamjolar borligini ko‘rishga nima yetsin...? Menimcha, siz o‘zingiz yashayotgan mamlakatni imkon qadar o‘rganishingiz kerak va bu ham mahalliy insonlarga nisbatan hurmat ifodasi sanaladi.

- Madridliklar ham sizni boshqacha sevib qolishgani sezilmoqda.

- Nima uchun sevishmasin? Axir juda quvnoq yigitman, to‘g‘ri, maydonda ba’zan qo‘polroq o‘ynayman. Menimcha, muxlislar avvalo, o‘yinlarda bor kuch bilan harakatlanishimni ko‘proq qadrlashadi.

- Umuman, joriy mavsumni qanday baholaysiz?

- La Ligada kurashni davom ettirishimiz shart har qanday holatda. To‘g‘ri, endi hammasi o‘zimizga bog‘liq emas, shunga qaramay, chekinish yaramaydi. Qolgan turnirlarda esa ishlarimiz joyida. Mana, «Kamp Nou»dagi «kambek» ortidan «Qirol kubogi» finaliga chiqdik, CHLda ham eng yuksak marrani ko‘zlayapmiz.

- «Kamp Nou»da yirik hisobli g‘alaba kutganmiding­lar?

- Ajoyib o‘yin. Barcha futbolchilar aql bovar qilmas darajada harakat qilishdi va shu tariqa eng muhim pallada ko‘zga tashlanadigan «Re­al»ning kurashish genini ko‘rsatdik. Ayniqsa, Kroos uchun xursandman, chunki unda deyarli 10 yildan keyin «Qirol kubogi»ni yutish imkoniyati yuzaga keldi.

- Jarohatingiz jiddiy emasmi? Hozirgi holatingiz qanday?

- Hammasi yaxshi. Tizzamda biroz og‘riq bor, lekin bemalol o‘ynay olaman.

- «Real» sharafini himoya qilish boshqa klublarda o‘ynashga nisbatan qiyinroqmi?

- Ha, bu yerda o‘z rolingizni teran tushunishingiz kerak. O‘ylanmanki, buni to‘liq anglab yetdim. Shunchaki, maydonga tushaman va o‘z ishimni bajaraman, nolishga asos yo‘q. 

- Joriy mavsum aynan nimalarni o‘rgandingizmi?

- O‘zi «Madrid»da barchasini tez o‘zlashtirish talab etiladi. Hayotda sharoitga moslasha olish fazilati muhim. Qisqasi, bu yerda ko‘p narsalarni o‘zim uchun qayta kashf etdim va hozir jamoada ancha qulay o‘rnashib oldim.

- Joriy mavsumdagi umumiy o‘yin vaqti bo‘yicha «Real» futbolchilari orasida 4-o‘rindasiz.

- Boshida kam o‘ynashimni taxmin qilishdi, amalda esa yetarli amaliyot oldim. Muhimi, Anchelotti boshidan ishonch bildirdi. Mendan talab qilinadigani - yaxshi shug‘ullanish va o‘ynash. Harakatdan aslo to‘xtamayman, Anchelotti ishonchini oqlashim shart. Qolaversa, izchil harakat CHLda g‘alaba qozonish yo‘lida ham juda muhim.

- Ryudiger o‘z uyida qanday yigit?

- Miriqib futbol ko‘raman, lekin ko‘p emas... Turmush o‘rtog‘im va farzandlarim bilan vaqt qanday o‘tganini sezmay qolaman. «Real»da bosim juda yuqori, bu hattoki, Valdebebasga borish yo‘lidayoq yaqqol seziladi. Shunday bo‘lgach, uyda futboldan biroz uzoqlashish yaxshiroqdir. Lekin shaxsan men bosimga ijobiy qarayman. Hattoki, bosimsiz yashashga toqatim yo‘q.

- «Real» oddiy jamoa emasligi va bu yerda mislsiz bosim borligini aynan qachon to‘liq angladingiz?

- Barchasini boshidan tushunasiz. To‘g‘ri, men superkubok uchun bahsda «Barsa»ga yut­qazganimizdan so‘ng hammasini yaqqol angladim. Bundan oldinroq «Vilyarreal» bilan bo‘lgan o‘yinda ham. Boshqacha aytganda, «Real»da yut­qazish mumkin emasligini tushunib yetdim.

- CHL o‘yini payti «Bernabeu»da yuzaga keladigan muhit qay darajada yoqimli?

- Ochig‘i, bunga hali to‘liq ko‘nikmadim. Ammo jamoadoshlarimning barchasiga odatdagidek yondashishlaridan hayratlandim. Muxlislar ham xatti-harakatlarini o‘zgartirmoqdalar - bunaqasini «Enfild»da eshitganmiz. Tan olishim kerak, o‘tgan yili «Chelsi» tarkibida kelganimda, bu stadion qo‘rquv solgandi qaysidir ma’noda. Bunaqasini aqlga sig‘dirish mushkul…

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 07:28, 24.04.2023.
O'qildi: 1645 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.