"Zenit" futbolchisi Malkom bilan ishlaydigan agent Luis Fernando Garsiya o‘z mijozini Londonning "Arsenal" klubi bilan bog‘lashi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
"Arsenal" Malkomni sotib olmoqchimi? Bu yolg‘on", - dedi Garsiya.
Malkom "Zenit"da 2019 yilning avgustidan beri o‘ynamoqda. Transfermarkt portali mutaxassislari yaqinda Rossiya pasportini olgan braziliyalik futbolchini 27 million yevroga baholamoqda.













