Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Abbos, «gaz»ni bos!

Abbos, «gaz»ni bos!

Baho:
+ | -

Transfermarkt portalida O‘zbekiston Superligasi futbolchilarining yangi transfer bahosi e’lon qilindi.

Xo‘sh, yangi ro‘yxatda qanday o‘zgarishlar bor? Kimlar narx yorlig‘i bo‘yicha katta o‘sishga erishishdi? Aksincha, qaysi futbolchilarning transfer huquqi arzonlashdi portal talqini bo‘yicha? Umuman, ayni payt Superligadagi eng qimmatbaho futbolchilar reytingini kim boshqarmoqda?

Transfer bahosi bo‘yicha ko‘tarilish

Oxirgi ma’lumotlar bo‘yicha aytsak, yaqinda O‘zbekiston milliy jamoasi yig‘iniga chaqirilgan «Paxtakor» yarim himoyachisi Abbos Fayzullayevning transfer bahosiga 450 000 yevro qo‘shildi va bu Superliga vakillari uchun eng katta yuksalishdir. Endilikda futbolimiz umidining transferi 750 ming yevroga baholanmoqda.

«Navbahor» yetakchisi Oston O‘runov va «Neftchi»da o‘zini qayta namoyon eta boshlagan Nurillo To‘xtasinov 300 ming yevrolik o‘sishga erishishdi. Har ikki futbolchining yangi transfer bahosi 800 ming yevroga teng. «Dinamo»dan «Navbahor»ga o‘tib, darhol barqaror o‘ynay boshlagan Ibrohim Yo‘ldoshevning transfer bahosi 275 ming yevroga qimmatlashib, 500 mingga yetdi - bu chempionatimizdagi 4-yuqori natija. O‘zbekiston U-20 terma jamoasi va «Nasaf» klubi o‘ng qanot vakili Zafarmurod Abdurahmatov oxirgi 6 oydagi faolligi evaziga transfer summasiga 250 ming yevro qo‘shdi. Portal bunga qadar yosh futbolchining transferini 100 ming yevroga baholayotgandi. Superliga kashfiyoti bo‘lishga da’vogar «Surxon» klubining ikki vakili - Silvanus Nimeli va Asilbek Jumayev narx bobida 200 ming yevrolik plyusdalar. Alohida aytish kerak, 18 yoshli Jumayev bunga qadar portal ro‘yxatida ham yo‘q edi. O‘zbekiston U-20 termasi yetakchilaridan biri Behruz Asqarov («Paxtakor») o‘z bahosiga 175 ming yevro qo‘shgan bo‘lsa, Husniddin Aliqulov («Nasaf») va Xurshid G‘iyosov (OKMK)da o‘sish darajasi 150 ming yevroni tashkil etdi.

Transfer bahosi bo‘yicha pasayish

Transfer summasi bo‘yicha eng katta yo‘qotishga duch kelganlar orasida «Paxtakor» vakillari Sardor Rashidov va Sherzod A’zamov «peshqadam».

Har ikki tajribali futbolchining bahosi 150 ming yevroga pasaydi. Shuningdek, Farrux Sayfiyev («Paxtakor»), Javohir Qahramonov («So‘g‘diyona»), Eldor Suyunov («Paxtakor»), Dushan Stoilkovich («Turon»), Zakariya Beglarishvili («Turon»), Azim Ahmedov («Turon»), Humoyun Murtozayev («Turon») va Muhammadali ben Salim (OKMK)ning transfer yorlig‘idan 100 ming yevro ayrib tashlandi. Diqqat qiling, «eng ko‘p pul yo‘qotgan» futbolchilardan 4 nafari «Turon»dan. Ha, ko‘p narsa natijaga ham bog‘liq.

Eng qimmatbaho futbolchilar

Yangilanishdan keyin O‘zbekiston chempionatida transfer summasi bo‘yicha 1 million yevro marrasini zabt etgan futbolchilar soni 2 nafarga yetdi. Bungacha uzoq muddat Odil Hamrobekov («Paxtakor») Superliganing eng qimmatbaho futbolchisi bo‘lib turgandi. O‘zgarishlardan keyin «Nasaf» himoyachisi Husniddin Aliqulov u bilan tenglashdi. Qimmatbaho futbolchilar reytingida keyingi o‘rinlar «Paxtakor» vakillari Doston Hamdamov, Hojiakbar AlijonovSardor Sobirxo‘jayev va OKMK yetakchilaridan biri Xurshid G‘iyosovga tegishli - 900 ming yevrodan. «Navbahorchilar» - Jamshid Iskanderov va Shohruz Norxonovning yorlig‘i bundan 50 ming arzonroq (850 ming yevro). Ortda qolgan o‘yinlarda yaqqol ajralib turgan Oston O‘runov («Navbahor») endi 800 ming yevroga teng yorliq bilan top-10da. «Nasaf» chap qanot himoyachisi Sherzod Nas­rullayevning transfer summasi ham shuncha.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 08:00, 19.06.2023.
O'qildi: 4995 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.