"Inter Mayami" prezidenti Xorxe Mas jamoaning transfer rejalari haqida gapirdi.
"Yana ikki-uch nafar futbolchi keladi. Biz Jordi Alba bilan gaplashdik. Luis Suaresning amaldagi shartnomasida tovon puli bor. Bu sodir bo‘ladimi yoki yo‘qmi, bilmayman. Barcha transferlar 15 iyulgacha e’lon qilinadi" - dedi Mas.
Oldinroq klub rahbari hujumchi Lionel Messining transferi bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirgandi.