Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Saudiya orzusi. APLdan ham futbolchilar yig‘imi boshlab yuborilgan

Saudiya orzusi. APLdan ham futbolchilar yig‘imi boshlab yuborilgan

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistoni pro ligasi rivojlanib borgani sari bu liga faoliyatini yakunlash arafasida turgan o‘yinchilar uchun yanada jozibador bo‘lib bormoqda. Biroq APLdek kuchli ligada to‘p tepa turib ham Yaqin Sharqqa yo‘l olayotganlar ham topilmoqda. Saudiya klublari bunday futbolchilarga katta maosh taklif qilishlari mumkin va Premyer-liganing qaysi yulduziga tez orada bunday katta taklif tushishi mumkinligi haqida o‘ylash qiziq.

Vilfrid Zaxa

Zaxa hozirda erkin agent hisoblanadi, chunki uning "Kristal Pelas" bilan shartnomasi yakuniga yetdi. Bir qancha jamoalar Kot-d'Ivuarlikning vakillari bilan suhbatlashdi, jumladan Fransiya chempioni "Pari Sen-Jermen", Skudetto sohibi "Napoli", shuningdek, "Lasio" va "Galatasaroy" klublari ham bu ro‘yxatda bor edi.

Ulardan tashqari “An-Nasr” va “Al-Ittifoq” ham Zaxaga qiziqish bildirmoqda. Vilfrid Zaxada Neymar kabi qobiliyat borligini hisobga olsak, u bemalol yangi jamoasiga qo‘shimcha kuch qo‘sha oladi. Biroq Saudiya varianti hozircha uni ikkilantirmoqda.

Obameyang

"Chelsi" faol ravishda Pyer-Emerikni Saudiya Arabistoniga sotishga harakat qilmoqda, ular 34 yoshli futbolchini hozircha muammoli bo‘lib turgan maosh tizimidan chiqarib tashlashga qaror qildi. Saudiya Arabistoniga o‘tish "Chelsi" uchun ham, Obameyangning o‘zi uchun ham birinchi galda o‘yin vaqtini hisobga olgan holda eng yaxshi variant bo‘lishi mumkin.

Filippe Koutinyo

Xabar qilinishicha, Koutinyo bu yozda Jerrardning qiziqish doirasida bo‘lgan. Braziliyalik futbolchi sobiq jamoadoshi va murabbiyi bilan yana birlashish uchun "Al-Ittifoq"ga o‘tishdan manfaatdor.

Jerrard 2022 yil oktyabr oyida iste’foga chiqarilganidan beri Koutinyo uchun "Villa"da o‘yin vaqtiga ega bo‘lish qiyin bo‘ldi. 2022/23 yilgi mavsumda u Premyer-ligada atigi yettita boshlang‘ich o‘yinda maydonga tushdi. "Beshiktosh" Filippe Koutinyo uchun 8 million yevro taklif qildi.

Hakim Ziyesh

Ziyeshning Saudiya Arabistonida o‘ynashini tushunsa bo‘ladi, u "An-Nasr"ga o‘tishga deyarli tayyor edi, ammo kelishuv amalga oshmay qoldi. Tibbiy ko‘rik uning tizzasi va sonida muammolar borligini aniqladi, natijada dastlabki taklif qayta ko‘rib chiqildi va shartlar 40% ga qisqartirildi. Ziyesh bu taklifni rad etdi, ammo unga boshqa klub qiziqmoqda. "Al-Ahli" Riyod Mahrezni qo‘lga kiritishga harakat qilmoqda, ammo muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, Ziyesh variantiga o‘tiladi.

Jessi Lingard

Jessi Lingard uchun Saudiya ligasiga o‘tish eng yaxshi variant bo‘lishi mumkin, chunki sobiq "MYU" yulduzi hozirda katta klublardan tashqarida va hatto "Nottingem Forest" u bilan bitimni yangilamaslikka qaror qilgan.

Ugo Lyoris

Fransiyalik futbolchi 11 yillik faoliyatidan so‘ng shimoliy London jamoasini tark etishni istayotganini allaqachon ma’lum qilgan. Lyoris uzoq vaqt klubsiz qolmaydi. U allaqachon Saudiya Arabistonidan foydali taklif olgan. Uning eng yaxshi yillari ortda qolganiga qaramay, o‘zini isbotlash uchun hali vaqt bor - ayniqsa u Saudiya chempionatining eng yaxshi darvozaboni bo‘lishi aniq.

Jeymi Vardi

Vardining "Lester" bilan shartnomasi tugashiga 12 oydan kam vaqt qolgan va uning yoshi 36 da. Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tish uning uchun ajoyib variant bo‘lishi mumkin. Hatto bir qancha klublar, jumladan "Xalej" ham ingliz futbolchisini sotib olishga qiziqish bildirgan.

Biroq, Vardi bu takliflarni rad etdi, chunki bu mamlakat o‘zi va uning oilasi uchun mos emasligini his qildi.

Kiritildi: 14:50, 20.07.2023.
O'qildi: 1431 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик