Yangi mavsumdan Buyuk Britaniya va Shveysariyalik futbolchilar Italiya chempionatida legioner hisoblanmaydi.
2023/24 yilgi mavsumdan boshlab britaniyaliklar va shveysariyaliklar Yevropa Ittifoqi fuqarolari sifatida ro‘yxatga olinadi, deya xabar bermoqda Italiya futbol federasiyasi.
Amaldagi qoidalarga ko‘ra, agar jamoada ikkita xorijlik futbolchi bo‘lsa, A Seriya klublari ko‘pi bilan ikki nafar Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan futbolchi bilan shartnoma imzolashi mumkin.