Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Argentina soxta chempion-mi?

Argentina soxta chempion-mi?

Baho:
+ | -

Soxtakorlik - futboldagi tarixiy an’ana. Lui van Gal Qatarda Argentinani shohsupaga sudrab olib chiqishdi, deb hisoblamoqda.

Qariya hozir jiddiy dori-darmonlar ko‘magida hayot kechirmoqda. Tibbiy vositalarning qo‘shimcha ta’sirlari mavjud, ular jismoniy o‘zgarishlar tufayli fikrlash qobiliyatiga ta’sir etadi. Murabbiy og‘ir xastalikka chalingan, 72 yoshli qariyaning aqliy qobiliyati doimo yoshligidagidek emas.

Niderlandiya terma jamoasining sobiq ustozi Qatar mundiali kelishuv asosida o‘tkazilganiga shama qildi:

«Argentinaning va bizning gollarimiz qay yo‘sinda urilganligi, argentinalik ayrim futbolchilarning qo‘polliklari jazosiz qolganligidan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, bularning barchasi avvaldan rejalashtirilgan. Men nima deyayotganimni yaxshi tushunib turibman. Messini jahon chempioni qilishmoqchimi? Ha, men shunday deb o‘ylayman».

Zlatan Ibragimovich esa qishda bo‘lib o‘tgan qiziqarli norasmiy suhbatda turnirdan ko‘zlangan maqsad Messining g‘alabasi ekanligini hamma tushunib turganligini kinoya bilan ta’kidlagandi. Biroq fitna g‘oyasining tarafdorlari matnni o‘zlariga moslab olishdi. Shvesiyalik afsona o‘yinlar kelishilgan, hakamlar sotib olingan, demadi. Saudiyani Argentinadan ustun kelishga majbur etgan, boshqa jamoalarga xalal bergan sirli qo‘g‘irchoqbozlarni eslatmadi. Boz ustiga, Zlatan «albiseleste»ga muxlislik qilgandi: «Argentina Messi uchun JCHda g‘olib chiqishidan umidvorman».

Shayxlar Zlatanni mundialga olib borishgach, hujumchi o‘z kasbdoshini barcha jihatlar bo‘yicha 10 ballga baholadi. Shu sababli hatto Niderlandiya terma jamoasining sardori ham van Galning fikriga qo‘shilmaganini tushunish qiyin emas: «Ertalab uning gaplaridan xabardor bo‘ldim. Bilganim faqat shu. Bu Luining fikri, men unga qo‘shilmayman».

Van Gal bu bilan mag‘lubiyatdan xafaligini ifodalagan bo‘lishi mumkin. Lekin Messining g‘alabasini FIFAdagilar uyushtirishgan, degan g‘oyani o‘rganish qiziqarli. Chunki futbolning halol biznes ekanligiga ishonish qiyin.

Futbol tarixida uyushtirilgan turnirlar ko‘p

Yevrokubok musobaqalarida hakamlarni sotib olishgan. JCHlarida siyosiy arboblar tomonidan bosim o‘tkazilgan. 1934 yilda Italiyada o‘tgan JCHda mezbonlar dastlabki chempionlikni nishonlashgan, lekin musobaqa fashistlar va nasistlar bosimi ostida o‘tgandi. Hakamlar muntazam ravishda Italiya foydasiga va raqiblar zarariga qarorlar qabul qilishgan. U paytda TV ham, takroriy lavhalar ham, stadiondagi muxlislarda esa bahsli vaziyatlarni eslab qolish imkoni bo‘lmagan. Bundan tashqari, Italiya tarkibida buvilari Neapolda yashaydigan xorijlik futbolchilar ham to‘p surishgan. Ispaniyalik darvozabon Samora durang bilan yakunlangan Italiyaga qarshi o‘yinda ko‘zidan jarohat olib, takroriy uchrashuvda maydonga tusha olmadi.

1978 yilda Argentina o‘z uyida bir qator mojarolardan keyin g‘olib chiqdi. Yoxan Kroyff yuzlab kishilarni o‘g‘irlab ketadigan mamlakatga borishni istamadi. Chunki avvalroq uning farzandlarini o‘g‘irlashga urinishlar bo‘lgandi.

Shunga o‘xshash adolatsizliklar faqat o‘tgan asrga xos illat emas. VAR tizimi joriy etilishidan avval YECHL uchrashuvlarida «ofsayd»dan urilgan gollar ko‘p bo‘lardi. JCH-2002da Janubiy Koreya»ni sudrashdi. Blatter quloqlarigacha korrupsiyaga botib qolgan, Xiddink osiyolik terma jamoa bilan erishgan muvaffaqiyati ishonarli emasdi. Italiya grandlarining kelishilgan o‘yinlarda ayblanishi adolatli qaror bo‘ldi. Bernar Tapi davridagi «Marsel»ni raqiblari va referilarni sotib olgani uchun chempionlik unvonidan mahrum etishdi.

Sobiq Ittifoq futbolida ham kelishilgan o‘yinlar juda ko‘p bo‘lgan. Da’vo muddati o‘tib ketganligi bois, o‘sha uchrashuvlarning ishtirokchilari barcha tafsilotlarni xotirjamlik bilan hikoya qiladilar. Afsuski, futbol musaffo sport turi emas. Biroq JCH-2022da muayyan bir jamoaning g‘alabasini qay tariqa uyushtirish mumkin? Ayniqsa, xuddi Yevro-2016dagi Portugaliya kabi g‘olib penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo‘lsa.

Argentina o‘ta omadli chiqib qoldi

Messining jahon Kubogini qo‘lga kiritishida butun jamoa «ko‘maklashgani» - bor gap. Skalonining mehnati, darvozabon Martinesdan tortib qolgan barcha futbolchilarning fidoyiliklariga munosib baho bergan holda, Argentinaga omad kulib boqqanini ham alohida ta’kidlash joiz. Penaltilar seriyasi va amaldagi jahon chempionining tiz cho‘kkani o‘ylashga majbur etadi. U xuddi Maradonaning Angliya darvozasiga urgan goliga o‘xshaydi. 99,99 hollarda hakam gol qo‘l bilan urilganini ko‘rgan bo‘lardi. Biroq omad 0,1 foizli Diyego tomonida bo‘ldi. Germaniya tasodif tufayli Braziliyani 7:1 hisobida yanchib tashladi. O‘yin kelishilgan emasdi. Faqat braziliyaliklar undan sharmandali mag‘lubiyatga qarshi qalqon sifatida foydalanishdi. Agar JCH taqdirini amaldorlar hal qiladigan bo‘lsalar, nima uchun Messi Rio-de-Janeyroda nemislarni yenga olmadi? Arbitr Noyerni mahv etishlariga yordam bermadi.

Bema’ni nazariyalar tufayli o‘z izdoshlarini shakllantiradiganlar juda ko‘p. Internet bo‘lmag‘ur fikrlar tarqalishini tezlatib yubordi. Lekin Argentina uzoq kutilgan sovrinni qo‘lga kiritish uchun chinakam jangga kirishdi. Agar Messining g‘alabalari kimgadir kerak bo‘lganida, nima uchun u uzoq vaqt davomida hatto Amerika Kubogini qo‘lga kirita olmadi? Niderlandiyaliklarga ham penaltilar seriyasida hech kim xalal bermagandi. Shuningdek, van Gal bitta o‘ta muhim jihatni unutib qo‘ydi. Ya’ni, aynan u Argentinaga qarshi bahsni iflos o‘yinga aylantirdi - shogirdlariga jasur argentinaliklarga bosim o‘tkazishni buyurdi. Oqibatda, Niderlandiya futbolchilari «yomon yigitlar»ga aylanishdi, Leo esa Rikelme uslubida raqib jamoa ustoziga salom yo‘lladi.

Fransiyalik Kolo futbol tarixidagi eng yaxshi bellashuvlardan biri bo‘lgan finalda birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi. Eng oddiy xulosa ko‘pincha to‘g‘ri bo‘ladi. Kuchli iroda va turnir davomida sport formasini tiklash evaziga Argentina shohsupaga ko‘tarildi. Shuningdek, omad unga raqiblariga nisbatan ko‘proq kulib boqdi. Vengrlar chap yonlari bilan turgan pallada deyarli butun dunyoning nafratini qo‘zg‘agan nemislar dastlabki sovrinni qo‘lga kiritishgandi. Badjoning noaniq zarbasi Braziliyaga 4-tojni hadya etdi, braziliyalik Ronaldo o‘lishiga «bir bahya» qolganida fransiyalik Zidan chempion bo‘ldi. Trezege darvoza to‘sinini titratganida Italiya tojdorga aylandi. Portugaliya esa Marokash to‘sig‘idan o‘ta olmadi. Vaholanki, fitna nazariyasining ashaddiy muxlislari finalda Ronaldu-Messi qarama-qarshiligini kutishgandi.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 14:34, 17.09.2023.
O'qildi: 18007 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.