Ispaniyalik hakam Antonio Mateu Laos Lionel Messining JCH-2022 vaqtidagi xatti-harakatlari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Messi jahon chempionatida Niderlandiyaga qarshi o‘yindan so‘ng menga qo‘ng‘iroq qildi va o‘yin davomida menga aytgan so‘zlari uchun uzr so‘radi. Bu o‘yinda u boshqacha Messi edi. Leoning jahon chempionatidagi xatti-harakatlari juda yomon edi, bu uyat edi.
O‘tgan yillar davomida birga maydonda 50 dan ortiq o‘yin o‘tkazdik. Leoning nishonlanishidan so‘ng niderlandiyaliklar munosabat bildirishdi, bu provokasiya edi”, — dedi Mateu Laos.