«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoasi shu hafta oxirida o‘ynaydigan Londonning «Arsenal» jamoasi haqida gapirdi.
«Arsenal» o‘tgan mavsumdagi eng jiddiy raqibimiz edi. Artetaning yosh jamoasi allaqachon turnirga moslashib olgan va endi uzoq vaqt davomida eng katta titullar uchun kurashadi», - deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi Football Daily.
Yetti turdan keyin «Manchester Siti» Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida «Arsenal»dan bir ochko oldinda.