Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/06 03:00 Panama 2-1 AQSh
28/06 06:00 Urugvay 5-0 Boliviya
28/06 20:00 So‘g‘diyona 4-2 Dinamo
28/06 20:00 Qizilqum 1-0 OKMK
29/06 03:00 Kolumbiya 3-0 Kosta-Rika
29/06 06:00 Paragvay 1-4 Braziliya
29/06 21:00 Shveysariya - Italiya
30/06 00:00 Germaniya - Daniya
30/06 05:00 Kanada - Chili
30/06 05:00 Argentina - Peru
30/06 21:00 Angliya - Slovakiya
01/07 00:00 Ispaniya - Gruziya

Top klub bo‘lish ancha qiyin

Top klub bo‘lish ancha qiyin

Baho:
+ | -

Taniqli jurnalist Qahramon Aslanov «Nyukasl»ning ochko yo‘qotishlariga munosabat bildirdi.

«Nyukasl» o‘tgan mavsumda eng barqaror jamoalaridan biri edi, «MYU», hatto «Arsenal»da ham ko‘tarilish, pasayish davrlari bo‘ldi, ammo Eddi Xau shogirdlari ochkolarni bir tekisda yig‘ib borgandi.

Ikkinchi yilda jamoa kuchayishi aniq, ammo yagona to‘siq - YECHL, jamoaga birinchi marta qo‘shimcha frontdagi kurashish xalaqit berishi ehtimoli katta edi.

Ichki kuboklar boshqa narsa, YECHL umuman boshqa daraja, buning ustiga «qarg‘alar» o‘lim guruhiga tushib qolishdi - «PSJ», «Milan», «Borussiya» - mana sizga qo‘shimcha 6 ta top uchrashuv. Tabiiyki, haftada bir o‘yin bilan ikki o‘yinning farqi juda katta. Ayniqsa, har o‘yinda jismoniy kurash va pressingga urg‘u beradigan jamoa uchun.

E’tibor bering, og‘ir taqvim tufayli («Siti», «Liverpul», «Brayton») avgustdagi yomon startni qo‘shmasak, «Nyukasl» buyog‘iga uch o‘yinda ochko yo‘qotdi. Barchasi aynan YECHL o‘yinidan keyingi turda:

«PSJ»dan so‘ng, «Vest Hem» 2:2
«Borussiya»dan so‘ng, «Vulvz» 2:2
«Borussiya»dan so‘ng, «Bornmut» 0:2.

Faqat Milandagi o‘yindan keyin g‘alaba qozonilgan, ammo «Sheffild» ancha kuchsiz raqib ekanini ham inobatga olish kerak.

Tanaffusdan keyingi o‘yinlar: «Chelsi», «PSJ», «MYU», «Everton», «Tottenhem», «Milan». Oson emas bu maydon ichida turmoq...

Tabiiyki, Xau buni bilgan, aynan rotasiya uchun transferlar amalga oshirildi ham, ammo yuklamalar oshishi natijasida jarohatlar ham ko‘paygan. Botman, Bern, Isaak, Uilson, Barns, Myorfi, Anderson - hammasi asosiy tarkib yoki yaqin futbolchilar. Tonali yil oxirigacha diskvalifikasiya, bugun Gimaraysh ham sariq kartochkalar tufayli o‘ynay olmadi. Almiron birinchi taymda jarohatlandi. «Bornmut»dagi natija, demak, syurpriz emas.

Yana bir tomoni, YECHL guruhda qolib ketilsa, pastroq reyting tufayli, keyingi yevrokuboklarda ham og‘irroq raqiblar tushaveradi. Esingizda bo‘lsa, «Siti» endigina YECHLda o‘ynay boshlaganida, har yili qiyin guruhga tushib qolardi.

Endi bunga, jamoa muvaffaqiyatli o‘ynagani sari, tarkibidagi ko‘proq futbolchi terma jamoalarga chaqirilishini ham qo‘shing.

Top klub bo‘lish o‘ylaganimizdan ancha qiyin.

Kiritildi: 09:05, 12.11.2023.
O'qildi: 827 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.