Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 00:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko

Klopp: "Yaxshi vaziyatlarni ko‘p yaratdik"

Klopp: "Yaxshi vaziyatlarni ko‘p yaratdik"

Baho:
+ | -

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Yevropa ligasi guruh bosqichining 5-turi doirasidagi LASK ustidan qozonilgan g‘alaba (4:0) haqida fikr bildirdi. "Mersisaydliklar" pley-off yo‘llanmasini kafolatlashdi.

"Yaxshi vaziyatlar ko‘p edi, lekin menga unchalik yoqmagan narsalar ham bor edi. Biz bu haqda doimo gapiramiz, biz hali ham o‘sishimiz va rivojlanishimiz kerak. Yaxshi o‘yin bo‘ldi, lekin bu o‘yin tanaffusga qadar tugashi kerak edi. Agar siz yetakchi bo‘lsangiz va ustunlikka ega bo‘lsangiz, unda fitnani o‘ldiring. Biz buni qilmadik. Hisob 2:0 va 3:0 bo‘lganida o‘zgarishlar qildik. 4:0 hisobida g‘alaba qozonish ajoyib.

Aytishim kerakki, himoyada biz juda kuchli edik. Biz birlashgan edik va bu juda muhim. Biz ko‘p nuqtalarda juda yaxshi edik, lekin keyin ritmimizni yo‘qotdik.

Guruhda birinchi o‘rin? Bu yaxshi. So‘nggi turda "Yunion"ga qarshi muhim o‘yin bo‘ladi, shuning uchun biz u yerga boramiz va g‘alaba qozonish uchun o‘ynaymiz, lekin yaxshi tomoni shundaki, g‘alaba qozonishimiz shart emas. Bu musobaqa bir muddat tugaydi, ammo yanvar oyida yana biri boshlanadi", - dedi Klopp BBC bilan suhbatda.

Kiritildi: 09:48, 01.12.2023.
O'qildi: 834 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.