Nufuzli manbaning tasdiqlashicha, “Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne futbol maydoniga qaytgan. Bu insayder Fabrisio Romanoga ma’lum bo‘ldi.
"Manchester Siti uchun ajoyib yangilik: Kevin De Bryuyne qaytib keldi, bugun Saudiya Arabistonida jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazmoqda", - deb yozadi Fabrisio ijtimoiy tarmog‘ida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Manchester Siti” ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida uning suratini joylashtirib, dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan birining qaytishiga sha’ma qilgan edi.