Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Pedri Puyolning maslahatlariga amal qilmoqda

Pedri Puyolning maslahatlariga amal qilmoqda

Baho:
+ | -

Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisiga glyutensiz parhez buyurilgan - "Real" himoyachisi Dani Karvaxal jarohatlarni kamaytirish maqsadida shu kabi tavsiyalarga amal qiladi.

Bundan tashqari, Pedri mushaklarning elastikligini yaxshilash uchun pilates qiladi va mushaklarning kislorod bilan to‘yinganligini yaxshilashga yordam beradigan bosim kamerasida shug‘ullanmoqda.

Pedri, shuningdek, ispaniyalik inflyuyenser Ibai Lyanos bilan suhbatda jarohatlarning oldini olish choralari haqida gapirdi.

"Birinchi mavsumim juda uzoq davom etdi, 73 ta o‘yin o‘tkazdim. Ehtimol, bu ta’sir qilgandir. Har bir inson birinchi jarohatdan keyin residiv paydo bo‘lishi mumkinligini aytadi, ammo bu takrorlanmasligi uchun men jismoniy va ruhiy jihatdan ishlayman. Men diyetamni o‘zgartirdim va Pilates bilan shug‘ullana boshladim - menga buni Puyol maslahat berdi. Ko‘pchilik buni ayollarning mashg‘uloti deb o‘ylaydi, lekin unday emas - bu ajoyib ishlaydi", - dedi Pedri.

Kiritildi: 18:11, 04.01.2024.
O'qildi: 2341 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик