Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas 0-1 Selta
05/10 21:30 Valyadolid 1-2 Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton 0-0 Nyukasl
05/10 23:45 Inter 3-2 Torino
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 0-0 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina - Fransiya
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:00 Braziliya - Argentina
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

"MYU" Jeydon Sanchoning o‘rnini kim bilan to‘ldirmoqchi? Variantlarni ko‘rib chiqamiz

"MYU" Jeydon Sanchoning o‘rnini kim bilan to‘ldirmoqchi? Variantlarni ko‘rib chiqamiz

Baho:
+ | -

Jeydon Sanchoning "Manchester Yunayted"dagi o‘ta omadsiz davri yakuniga yetmoqda. Ammo bu narsa na futbolchi, va na klub uchun muammoni yechimi bo‘la oladi. Sancho eski klubida yana sport formasiga qaytib olish uchun tinmay mehnat qilishi kerak bo‘lsa, "MYU"dagilar Sancho o‘rniga yangi vakil topishi kerak. Ha, endigi variant 73 million funtlik bo‘lmasligi aniq. Ammo muqobil zarur. Negaki, Erik ten Xag oldiga klubni YECHL pog‘onalarida ushlab qolish vazifasi qo‘yilgan. Buni faqatgina Garnacho yoki Antoni bilan amalga oshirib bo‘lmaydi. Quyida "MYU" uchun ehtimoliy variantlar keltirib o‘tiladi.

Maykl Olise – "Kristal Pelas"

"Manchester Yunayted" o‘z tarixidagi yangi davrni boshlamoqda. Bu davr bunyodkori Ser Jim Retkliff bo‘ladi. Xabarlarga ko‘ra, klub yangi rahbariyat qo‘l-ostida Maykl Oliseni sotib olmoqchi. Fransuz vingeri avgust oyida "Kristal Pelas" bilan yangi shartnoma tuzgan. Ayrim manbalar bu bitimga 70 million funtlik tovon puli kiritilganini aytadi. Ammo bu Olisening darajasi oldida unchalik ham qimmat tuyulmaydi. 2023 yilning so‘nggi beshta bahsida, Olise jami 5 ta golda bevosita ishtirok etdi. Shunday ekan, u Antoni o‘rnini egallashga qodir futbolchi. Xarholda, shunday umidlar bor.

Pedru Netu – "Vulverxempton Uonderers"

Netuning ustunligi shundaki, u har ikki qanotda birdek foydali harakat qila oladi. Garchand jarohatga moyil bo‘lsada, portugaliyalik hujumchi jamoasini og‘ir vaziyatlardan olib chiqib keta oladi. Ayni damda u yaxshi sport formasida va "Vulvz"ning muhim o‘yinlarida o‘zini ko‘rsata olmoqda. Aynan uning sa’y-harakatlari bilan sentyabr oyida "bo‘rilar" "Manchester Siti"ni mag‘lubiyatga uchratgan edi.
"MYU" uchun 23 yoshli futbolchiga erishish oson kechmaydi. Negaki, Netu "Vulvz" bilan uzoq yillik shartnomaga ega.

Federiko Kyeza – "Yuventus"

Kyeza Yevro-2020dagi qahramonliklaridan keyin katta yulduzga aylangandek ko‘ringan edi. Ammo jarohatlar unga o‘sish uchun halaqit qildi. Kyeza ko‘pchilikka tanish nom bo‘lishiga qaramay, o‘z darajasini namoyish etishga qiynalmoqda. Aytish mumkinki, u hozirda oldingidek samarador futbolchi emas. Kyezaning yaxshi tomonlari ham ko‘p. Shulardan biri bu hujum chizig‘ining istalgan nuqtasida o‘ynay olishidir. "Yuventus" yaxshi taklif uchun uni sotib yuborishga qarshi bo‘lmaydi.

Niko Uilyams – "Atletik"

Transferlar oynasi mish-mishlar taxtasidan joy olib turgan yana bir nom bu Niko Uilyamsdir. Ispaniya terma jamoasi a’zosi "Atletik Bilbao"ning eng ko‘zga ko‘ringan yulduzlaridan biri sanaladi. U yanvarda ko‘plab klublar tomonidan sotib olinishi mumkin bo‘lgan nom sifatida e’tirof etilgan. Bu borada "Barselona"ni jiddiy da’vogar sifatida kӯrsatish mumkin. Uilyams har ikki qanotda o‘ynash bilan birga pleymeykerlik qobiliyatlarini ham yaxshi egallagan. Uni Olise va Netuning qo‘shilmasi deyish mumkin. Ya’ni har ikki futbolchidagi qobiliyatni Uilyams o‘zida jo qila olgan. Ammo unda APL tajribasi mavjud emas. Shunga qaramay, "MYU" unga e’tibor qaratsa bo‘ladi. Negaki, Uilyams xaridi kelajakka qilingan muvaffaqiyatli sarmoya bo‘ladi.

 

 

 

ISMATOV J.

 
Manba: 90min.com
Kiritildi: 10:48, 06.01.2024.
O'qildi: 2526 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.