Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza 1-2 Lechche
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Dinamo - Mash’al
02/05 19:00 Buxoro - So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid

SSKA ustozi: "Abbos Fayzullayev sababli O‘zbekiston terma jamoasiga muxlislik qilyapmiz"

SSKA ustozi: "Abbos Fayzullayev sababli O‘zbekiston terma jamoasiga muxlislik qilyapmiz"

Baho:
+ | -

SSKA – “Andijon” (2:0) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin "harbiylar" bosh murabbiyi Vladimir Fyodotov "Andijon" matbuot xizmati uchun biroz vaqt ajratdi va o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Vladimir Valentinovich, avvalo bizga o‘yindan olgan taassurotlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz?

- Bugungi uchrashuvdan taassurotlarim yaxshi. Biz tajovuzkor raqibga qarshi o‘ynadik. Yakka kurashlarga boy bellashuv bo‘ldi, deb o‘ylayman. "Nagruzka"ga asoslangan o‘yin kechdi. Qaysidir vaziyatlarda imkoniyatlarimiz yaxshi bo‘ldi, gollar ham urdik. o‘yinimizga yana nimadir yetishmadi. Masalan, bir qancha vaziyatlarda bizga aniqlik yetishmaganini aytishim mumkin. o‘yinning tempi va uning darajasi yuqori kechdi. Antaliyadagi birinchi uchrashuvimizda yaxshi sparring-raqib bilan maydonga tushdik.

- Jamoangiz ilk bor "Andijon" klubiga qarshi o‘ynadi. Umumiy ma’noda oladigan bo‘lsak, “Andijon” haqida nima deya olasiz?

- Adashmasam, bungacha ular bitta o‘yinda o‘ynashgandi va biz buni tomosha qilishga erishdik. Ko‘rinib turibdiki, ularda ham dastlabki xorij yig‘ini tashkil qilingan. Albatta, jamoani yaxshi harakat qilayotgani sezilib turibdi. Bunday yig‘inlarda hamma jamoa har xil holatda bo‘ladi. Turli xil futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazishadi. Hozir bizda ham, ularda ham xuddi shunday jarayon davom etmoqda. Har hil “nagruzkalar” va tayyorgarlik jarayonlarida turli xil holatlar bo‘ladi. “Andijon” uchun ham, biz uchun ham yaxshi o‘yin kechdi, deb o‘ylayman.

- SSKA futbolchisi Abbos Fayzullayev hozirda o‘zbekiston terma jamoasi bilan Qatardagi Osiyo Kubogida qatnashyapti va gollar uryapti. Tabiiyki, uni sinchkovlik bilan kuzatib borayotgandirsiz…

- Albatta, Fayzullayevni kuzatyapmiz. Shubhasiz, Abbosga va O‘zbekistonga muxlislik qilyapmiz. U yerda bizning o‘yinchimiz to‘p suryapti. Shuning uchun Osiyo Kubogidagi faoliyatiga bee’tibor emasmiz. Fayzullayev qanday o‘ynayotganini barchamiz ko‘ryapmiz va bundan xursand bo‘lyapmiz. U barchani o‘ziga qaratmoqda. Butun mamlakatining olqishiga ham sazovor bo‘lyapti. Abbosga yana shunday harakat qilishini, mahoratini ko‘rsatib, yanada sifatli o‘ynab, gollar urishini xohlab qolamiz. Keyingi uchrashuvlarda faqat g‘alabalar tilaymiz.

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 12:54, 02.02.2024.
O'qildi: 3464 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик