"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne klubda yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
32 yoshli belgiyalik futbolchi yanvar oyida "shaharliklarning" 3 ta o‘yinida 1 ta gol, 2 ta assist berdi.
Transfermarkt 60 million yevroga baholayotgan yarim himoyachining amaldagi shartnomasi 2025 yilda yakunlanadi.