"Liverpul" yarim himoyachisi Rayan Gravenberx "Chelsi" bilan Liga kubogi finalining birinchi bo‘limi o‘rtalarida to‘pig‘idan jarohat oldi.
21 yoshli niderlandiyalik futbolchi Moyzes Kaysedodan qattiq zarba oldi va 28-daqiqada zambilda maydonni tark etdi. Uning o‘rniga ingliz Jo Gomes maydonga chiqdi.
E’tiborlisi Kaysedo ushbu epizod uchun sariq kartochka olmadi.