“Atalanta” bosh murabbiyi Jan-Pyero Gasperini Yevropa ligasi 1/4 finali birinchi o‘yinida “Liverpul” ustidan qozonilgan g‘alaba (3:0) haqida fikr bildirdi.
“Buyuk g‘alaba. Muxlislarimiz doimo tribunalarda faollik ko‘rsatishdi. Bizda yana bitta o‘yin bor, ammo natija ajoyib. Himoyada muvaffaqiyat qozondik. G‘ayrioddiy oqshom - juda yoqimli tuyg‘u", - deya Gasperinining so‘zlarini keltiradi UYEFA matbuot xizmati.