Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

FIFA.com nigohi "Paxtakor" yulduzida

FIFA.com nigohi "Paxtakor" yulduzida

Baho:
+ | -

Diyor Xolmatov FIFA.com saytiga eksklyuziv intervyu berdi. Unda futbolchimiz klub va OTJdagi faoliyatiga ham to‘xtalib o‘tgan.

“Olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilarni ko‘rish va ular bilan birga Parijdagi ishtirokdan hissiyotlarni bo‘lishish ajoyib bo‘ladi. Medallar uchun kurashadigan ko‘plab sportchilar bor, ammo Oksana Chusovitina ular orasida alohida e’tiborda. U nafaqat O‘zbekiston, balki jahon gimnastikasining afsonaviy sportchilaridan biri sanaladi. U 1992 yil ilk bor musobaqada qatnashgan, endi esa 9-marta qatnashishi mumkin! Uning professionalligi, xotijamligi va faoliyatining davomiyligi o‘rnak olishga arziydi", - deydi Xolmatov.

- "Paxtakor" akademiyasida futbol bilan shug‘ullanishni boshlaganman va hamon futboldagi sayohatim shu yerda davom etmoqda. Lionel Messini yoqtirganman, lekin otam men uchun o‘xshashga intiladigan futbolchi sifatida qoladi. U ham "Paxtakor"da men kabi 8-raqamda o‘ynagan. Biz bir pozisiyada o‘ynaymiz!

O‘zbekistonning Olimpiya o‘yinlaridagi debyuti barchamiz uchun juda muhim. O‘zimizning eng kuchli tomonlarimizni ko‘rsatib, orzularimizni ro‘yobga chiqarish uchun harakat qilamiz. O‘zbekistonda odamlar futbolni juda sevishadi, terma jamoani hissiyotlar bilan qo‘llab turishadi. Olimpiadaga chiqishimiz ularga xursandchilik ulashib, katta g‘urur beradi.

Yoshligimdan kuchli mutaxassislar qo‘l ostida shug‘ullandim. Asosiy jamoada Shota Arveladze va Maksim Shaskix singari murabbiylar bilan ishlaganim omadim deb o‘ylayman. Ular o‘z davrida ajoyib futbolchilar bo‘lishgan. Murabbiy sifatida o‘z bilimlarini futbolchilarga o‘rgatib borishmoqda.

Bolaligimdan juda ko‘p futbol o‘ynardim - ko‘chada do‘stlarim bilan va "Paxtakor" akademiyasida. Otamning futbolchi ekani yuqori darajaga chiqishga intilishda menga ishtiyoq bergan. Yosh futbolchi nafaqat to‘p bilan ishlashi, balki jismoniy, taktik va futbolni tushunish bo‘yicha aqlan ham rivojlanib borishi zarur.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 01:08, 17.04.2024.
O'qildi: 5250 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик