"Real" yarim himoyachisi Aureliyen Tchuameni yaqinda olgan jarohati haqida gapirdi.
Fransiyalik futbolchi Chempionlar ligasi nimchorakfinalidan o‘rin olgan “Bavariya”ga qarshi javob o‘yinining ikkinchi bo‘limida (2:1) almashtirildi.
Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, yarim himoyachi noma’lum muddatga safdan chiqqan.
“Katta kambek oldidan kichik muvaffaqiyatsizlik. Xabarlaringiz va qo‘llab-quvvatlovingiz uchun barchangizga rahmat.
Keling, 15-kubok uchun yurishni davom ettiramiz", - deb yozdi 24 yoshli futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda.