Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Janluka Palyuka: "Neapolliklarning Maradonani qo‘llab-quvvatlashayotganini ko‘rish g‘alati edi"

Baho:
+ | -

Janluka Palyuka ilk marta jahon chempionatini tatib ko‘rganiga 34 yil bo‘lgan bo‘lishi mumkin...

Ammo uning ovozi va ko‘zlarining ifodasiga ko‘ra, u yana o‘sha yerda, yana jamoa avtobusida edi. Palyuka futbol jannatiga qiyoslangan 1990-yillarda «A» seriyadagi ko‘plab yulduzlardan biri edi, xolos. Va u ham o‘sha yerda o‘sha davrning eng buyuk futbolchilari qatorida unutilmas bahslarida «jang» qilgan. 1991 yilda «Sampdoriya» bilan tarixiy skudettoda g‘alaba qozonganidan so‘ng (boshqa sovrinlar qatorida) u Milanning «Inter»­da yanada katta shon-sharafdan, keyin esa «Bolonya»da ajoyib martabadan zavqlanishni davom ettirdi. Zamonaviy va instinktiv, u Italiyada yaratilgan eng yaxshi darvozabonlardan biri sifatida tanilgan.

- Ma’lumki, o‘z vataningizda bo‘lib o‘tgan mundialda Valter Zenga va Stefano Takkoni uchun dublyor sifatida terma safida bo‘lgansiz. Bu siz uchun qanchalik hayajonli edi?

- Turnir shunday shov-shuvga sabab bo‘ldiki, men o‘zim o‘ynagandek bo‘ldim. Marinodagi bazamizni tark etib, stadionga yetish uchungina bir yarim soat vaqt ketgandi, chunki odamlar bizni kutib olish uchun yo‘l bo‘ylab saf tortishgandi. Bu shunday turtki berdiki, men stadionga yetganda o‘zimni boshlang‘ich tarkibga kirgandek his qildim. O‘shanda asosiy darvozabonimiz Valter Zenga edi, lekin oramizda katta hurmat va hamjihatlik bor edi. Shubhasiz, har birimiz o‘zimiz uchun eng yaxshisini xohladik, ammo Takkoni bilan ham o‘zaro hurmat joyida edi. Uchalamiz juda yaxshi munosabatda bo‘ldik.

- Ushbu ajoyib jamoada Toto Skilachi ham bor edi. Turnir davomida u qanday o‘zgardi?

- Men uning metamorfozalarini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. U deyarli noma’lum shaxsdan bu jamoaning simvollaridan biriga aylandi. Siz uning qanchalik baxtli ekanligini ko‘rishingiz mumkin edi, men ham uning uchun juda xursand bo‘ldim. Avvaliga u yaqqol zaxirada edi, chunki Andrea Karnevale, Aldo Serena, Roberto Manchini va Roberto Badjo va albatta, Janluka Viallidek gigantlar bor edi. Ammo u jamoaga kirib, Vialli o‘rnini egallab, chempionatining eng yaxshi to‘purariga aylandi.

- Italiya yarim finalda Neapol «San-Paolo»sida Diyego Maradona boshchiligidagi Argentina bilan o‘ynadi. O‘shanda atmosfera qanday edi?

- Hammasini kechagidek yaxshi eslayman: men Roberto Donadoni bilan bir xonada yashardim va bunga chiday olmadim, chunki u kun bo‘yi golf tomosha qilardi. Stadionga borganimizda muxlislar juda ko‘p edi. Ammo neapolliklar Maradonani qo‘llab-quvvatladilar, garchi bizning jamoamizda ham Chiro Ferrara va Fernando De Napoli kabi «Napoli» futbolchilari bo‘lishiga qaramay. Muxlislaringiz ko‘z oldida, lekin kumiringizga qarshi o‘ynashdek g‘alati tuyg‘u bor edi. Biz o‘yinda deyarli ustunlik qildik, ammo Klaudio Kanijaning goli... Argentinadan bir kishi (Rikardo Justi - PS) chetlashtirildi va ular dangasa bo‘lishni boshlashdi. Ular yaqqol «seriya»gacha borishni xohlashdi. Chunki darvozabonlari Serxio Goykochea nuqtada usta edi va o‘sha kuni ikkitasini qaytardi. Barcha ko‘zlar Maradonaga qaragan bo‘lsa-da, bosim bo‘g‘ardi. Biz favorit edik, uyda edik va men o‘zimga: «biz jahon kubogini yutamizmi?» dedim. Axir, qanday qilib yutqazishimiz mumkin? Biz yaxshi o‘ynadik va Juzeppe Bergomi, Rikkardo Ferri, Paolo Maldini va Franko Barezidek katta nomlar bilan himoyalandik. Shunga qaramay, Maradonadan qo‘rqardik.

- O‘sha paytdagi darvozabonlar penaltilarni hozirgilardek o‘rganmaganlar. Sizning munosabatingiz qanday edi?

- Biz chindan ham o‘rganmasdik. Zenga penaltilarni yaxshi bilardi, lekin Maradonaga qarshi bo‘lganingizda nima qilasiz? U hech qachon bir joyga zarba bermagan. So‘nggi soniyada to‘pig‘ini buradi va siz buni taxmin ham qilolmaysiz. Biroq, hozir hamma narsa o‘zgargan. Hammasi tahlil qilinadi. Sizda suv idishlari, planshetlar va ko‘plab texnologiyalardan iborat shpargalkalar mavjud. Men shunchaki instinktiv harakat qilardim. «A» seriyadagi o‘yinlarim orqali penalti tepishda ustasi farang - Alessandro del Pyero, Marko van Basten, Franchesko Totti, Ernan Krespo, Sinisha Mixaylovich kabi yigitlarni yaxshi bilardim.

- JCH-1990da Italiya terma jamoasida ishtirok etish faoliyatingizda qanday yordam berdi?

- Eng avvalo o‘zimga ishonchni kuchaytirdi. Bu men doimo eslab qoladigan ajoyib tajriba edi. Mendan oldinda Zenga va Takkoni turishgani uchun, imkoniyatim yo‘qligini bilardim. O‘shand 23 yoshda edim, ular esa faoliyatlarining eng yuqori cho‘qqisida edilar. Men faqat «A» seriyaning asosiy o‘yinchisi sifatida ikkinchi kursda edim, lekin shu bilan birga jahon chempionatiga bordim. Ilgari raqobat katta edi, ammo hozir hamma narsa o‘zgardi. Ba’zi yigitlar ligada uchta o‘yin o‘ynashadi va qiyinchiliklarga duch kelishadi. O‘sha paytda daraja boshqacha edi, lekin bu guruhda bo‘lish chindan ham menga katta yordam berdi.

- Italiya JCH-2014ga chiqolmadi. Bu o‘yinchilarga qanday ta’sir qildi?

- Bu ijobiy nuqta bo‘lishi mumkin. Jahon chempionati boshqa hech qanday raqobat kabi noyob profilga ega. 1994 yilgi AQSH mundialidan keyin futbol olami mening kimligimni bilardi. JCHga chiqolmaslik futbolchilarga turtki bo‘lishi kerak, chunki Italiya bunday turnirda qatnashmayotganida noto‘g‘ri narsa bor. Menga Luchiano Spallettining Italiya terma jamoasini qanday o‘ynatishi yoqadi. Uning jamoasi menga ko‘proq Yevro-2020 turnirida eng yaxshi tashkil etilgan Manchini jamoasini eslatadi. Ular jamoa kabi o‘ynashadi va bu nimanidir boshlanishiga o‘xshardi.

- Kelajakda Italiya qaysi darvozabonlariga umid bog‘lash kerak?

- Janluidji Donnarumma, Gulyelmo Vikario, Marko Karnesekki va Aleks Meretlarga. Agar mendan so‘rasangiz, «Jijio» eng yaxshisidir. U atigi 25 yoshda va so‘nggi Yevroda turnirning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lgan. Men unda haqiqatdan ham o‘zimni ko‘raman. 1990-yillarning eng zo‘r darvozaboni edim va u mendan balandroq va jismonan baquvvatroq bo‘lsa ham, mukammal zamonaviy darvozabon. Emiliano Martines va Yan Oblak bugungi kunda Donnarumma bilan tenglasha oladigan darvozabonlardir va u keyingi bir necha yil davomida dunyodagi eng yaxshi darvozabon bo‘lish imkoniyatiga ega. - Ma’lumki, o‘z vataningizda bo‘lib o‘tgan mundialda Valter Zenga va Stefano Takkoni uchun dublyor sifatida terma safida bo‘lgansiz. Bu siz uchun qanchalik hayajonli edi? 

- Turnir shunday shov-shuvga sabab bo‘ldiki, men o‘zim o‘ynagandek bo‘ldim. Marinodagi bazamizni tark etib, stadionga yetish uchungina bir yarim soat vaqt ketgandi, chunki odamlar bizni kutib olish uchun yo‘l bo‘ylab saf tortishgandi. Bu shunday turtki berdiki, men stadionga yetganda o‘zimni boshlang‘ich tarkibga kirgandek his qildim. O‘shanda asosiy darvozabonimiz Valter Zenga edi, lekin oramizda katta hurmat va hamjihatlik bor edi. Shubhasiz, har birimiz o‘zimiz uchun eng yaxshisini xohladik, ammo Takkoni bilan ham o‘zaro hurmat joyida edi. Uchalamiz juda yaxshi munosabatda bo‘ldik.

- Ushbu ajoyib jamoada Toto Skilachi ham bor edi. Turnir davomida u qanday o‘zgardi?

- Men uning metamorfozalarini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. U deyarli noma’lum shaxsdan bu jamoaning simvollaridan biriga aylandi. Siz uning qanchalik baxtli ekanligini ko‘rishingiz mumkin edi, men ham uning uchun juda xursand bo‘ldim. Avvaliga u yaqqol zaxirada edi, chunki Andrea Karnevale, Aldo Serena, Roberto Manchini va Roberto Badjo va albatta, Janluka Viallidek gigantlar bor edi. Ammo u jamoaga kirib, Vialli o‘rnini egallab, chempionatining eng yaxshi to‘purariga aylandi.

- Italiya yarim finalda Neapol «San-Paolo»sida Diyego Maradona boshchiligidagi Argentina bilan o‘ynadi. O‘shanda atmosfera qanday edi?

- Hammasini kechagidek yaxshi eslayman: men Roberto Donadoni bilan bir xonada yashardim va bunga chiday olmadim, chunki u kun bo‘yi golf tomosha qilardi. Stadionga borganimizda muxlislar juda ko‘p edi. Ammo neapolliklar Maradonani qo‘llab-quvvatladilar, garchi bizning jamoamizda ham Chiro Ferrara va Fernando De Napoli kabi «Napoli» futbolchilari bo‘lishiga qaramay. Muxlislaringiz ko‘z oldida, lekin kumiringizga qarshi o‘ynashdek g‘alati tuyg‘u bor edi. Biz o‘yinda deyarli ustunlik qildik, ammo Klaudio Kanijaning goli... Argentinadan bir kishi (Rikardo Justi - PS) chetlashtirildi va ular dangasa bo‘lishni boshlashdi. Ular yaqqol «seriya»gacha borishni xohlashdi. Chunki darvozabonlari Serxio Goykochea nuqtada usta edi va o‘sha kuni ikkitasini qaytardi. Barcha ko‘zlar Maradonaga qaragan bo‘lsa-da, bosim bo‘g‘ardi. Biz favorit edik, uyda edik va men o‘zimga: «biz jahon kubogini yutamizmi?» dedim. Axir, qanday qilib yutqazishimiz mumkin? Biz yaxshi o‘ynadik va Juzeppe Bergomi, Rikkardo Ferri, Paolo Maldini va Franko Barezidek katta nomlar bilan himoyalandik. Shunga qaramay, Maradonadan qo‘rqardik.

- O‘sha paytdagi darvozabonlar penaltilarni hozirgilardek o‘rganmaganlar. Sizning munosabatingiz qanday edi?

- Biz chindan ham o‘rganmasdik. Zenga penaltilarni yaxshi bilardi, lekin Maradonaga qarshi bo‘lganingizda nima qilasiz? U hech qachon bir joyga zarba bermagan. So‘nggi soniyada to‘pig‘ini buradi va siz buni taxmin ham qilolmaysiz. Biroq, hozir hamma narsa o‘zgargan. Hammasi tahlil qilinadi. Sizda suv idishlari, planshetlar va ko‘plab texnologiyalardan iborat shpargalkalar mavjud. Men shunchaki instinktiv harakat qilardim. «A» seriyadagi o‘yinlarim orqali penalti tepishda ustasi farang - Alessandro del Pyero, Marko van Basten, Franchesko Totti, Ernan Krespo, Sinisha Mixaylovich kabi yigitlarni yaxshi bilardim.

- JCH-1990da Italiya terma jamoasida ishtirok etish faoliyatingizda qanday yordam berdi?

- Eng avvalo o‘zimga ishonchni kuchaytirdi. Bu men doimo eslab qoladigan ajoyib tajriba edi. Mendan oldinda Zenga va Takkoni turishgani uchun, imkoniyatim yo‘qligini bilardim. O‘shand 23 yoshda edim, ular esa faoliyatlarining eng yuqori cho‘qqisida edilar. Men faqat «A» seriyaning asosiy o‘yinchisi sifatida ikkinchi kursda edim, lekin shu bilan birga jahon chempionatiga bordim. Ilgari raqobat katta edi, ammo hozir hamma narsa o‘zgardi. Ba’zi yigitlar ligada uchta o‘yin o‘ynashadi va qiyinchiliklarga duch kelishadi. O‘sha paytda daraja boshqacha edi, lekin bu guruhda bo‘lish chindan ham menga katta yordam berdi.

- Italiya JCH-2014ga chiqolmadi. Bu o‘yinchilarga qanday ta’sir qildi?

- Bu ijobiy nuqta bo‘lishi mumkin. Jahon chempionati boshqa hech qanday raqobat kabi noyob profilga ega. 1994 yilgi AQSH mundialidan keyin futbol olami mening kimligimni bilardi. JCHga chiqolmaslik futbolchilarga turtki bo‘lishi kerak, chunki Italiya bunday turnirda qatnashmayotganida noto‘g‘ri narsa bor. Menga Luchiano Spallettining Italiya terma jamoasini qanday o‘ynatishi yoqadi. Uning jamoasi menga ko‘proq Yevro-2020 turnirida eng yaxshi tashkil etilgan Manchini jamoasini eslatadi. Ular jamoa kabi o‘ynashadi va bu nimanidir boshlanishiga o‘xshardi.

- Kelajakda Italiya qaysi darvozabonlariga umid bog‘lash kerak?

- Janluidji Donnarumma, Gulyelmo Vikario, Marko Karnesekki va Aleks Meretlarga. Agar mendan so‘rasangiz, «Jijio» eng yaxshisidir. U atigi 25 yoshda va so‘nggi Yevroda turnirning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lgan. Men unda haqiqatdan ham o‘zimni ko‘raman. 1990-yillarning eng zo‘r darvozaboni edim va u mendan balandroq va jismonan baquvvatroq bo‘lsa ham, mukammal zamonaviy darvozabon. Emiliano Martines va Yan Oblak bugungi kunda Donnarumma bilan tenglasha oladigan darvozabonlardir va u keyingi bir necha yil davomida dunyodagi eng yaxshi darvozabon bo‘lish imkoniyatiga ega.

Xo‘ja ABDULAHAD tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:44, 14.05.2024.
O'qildi: 645 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.