Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Robert Levandovski jamoa yarim himoyachisi Gavi yo‘qligi haqida gapirdi. 19 yoshli yarim himoyachi o‘tgan yilning noyabr oyi boshida tizzasidan jarohat olgan edi.
"Biz Gavini sog‘indik. U o‘z harakatlari va bosimi bilan o‘yin yaxshi ketayotgan paytda jamoani motivasiya qiladigan futbolchilardan biridir", - deydi Levandovski.
Joriy mavsumda Gavi barcha turnirlarda 15 ta uchrashuvda ishtirok etib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.