“Milan” Stefano Piolining so‘nggi o‘yinida muxlislarni g‘alaba bilan xursand qila olmadi, jamoa "Salernitana" bilan durang o‘ynadi – 3:3.
"Rossonerilar"ning ikki futbolchisi uchun bu o‘yin yubiley 50-bahsga aylandi. Gap o‘tgan yili Londonning "Chelsi"sidan "Milan"ga ko‘chib o‘tgan Kristian Pulishich, shuningdek, Tijani Reynders haqida ketmoqda.
Ikkalasi ham "Milan"da yaxshi obro‘ga ega - shuning uchun ham ular deyarli har bir uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushadi.