Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kobbi Maynuning klubdagi so‘nggi mavsumdagi o‘yiniga yuqori baho berdi.
19 yoshli futbolchi 32 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Kobbi "Manchester Yunayted"da ajoyib mavsumni o‘tkazdi. Mavsumni gol va kubok bilan yakunlash uni ayniqsa qoniqtirdi", - deya Sautgeytning so‘zlarini keltiradi UtdDistrict.
25 may kuni “Manchester Yunayted” Angliya kubogi finalida “Manchester Siti”ni mag‘lub etgandi (2:1), Maynu esa g‘alaba to‘pini kiritgandi.