Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Olimpiada sari yo‘l

Olimpiada sari yo‘l

Baho:
+ | -

Ayni kunlarda ko‘pchilik tomonidan berilayotgan savol:

«Hozirgi olimpiya siklida aynan nima muvofiq keldiki, natijada O‘zbekiston terma jamoasi OO‘ yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi?» Allaqachon javoblarning bir necha variantini ham o‘qidim. Ulardan ba’zilari esa juda kulguli. Masalan, xorijlik mualliflardan biri «Avvallari O‘zbekistonda ...o‘nlab yillar davomida bir guruh futbolchilar bilan chempionat o‘tkazib, yoshlarga e’tibor qaratilmagan» qabilida yozdi. Nima derdim, to‘g‘ri, 17 va 20 yoshli futbolchilar jahon chempionati chorak finallaridagi ishtirok yangi iqtidorlarga e’tibor qaratilmaganini ko‘rsatadi, mantiqni qarang... Odil Ahmedov va Eldor Shomurodov esa futbolni faqat «Rostov» kabi klublarda o‘rganishgan, chunki O‘zbekistonda badniyat faxriylar ularga tarkibdan joy berishmagan (kinoya). Boshqa tomondan, oxirgi 2 yil Oliy ligada o‘ynagan klublarni ham zo‘rg‘a sanab beradigan odamlardan xolis baho kutishdan ma’no yo‘q. To‘g‘risi, bizda ham o‘zlari rahbariyatga kirishlariga qadar go‘yo O‘zbekistonda futbol bo‘lmagandek hisoblaydiganlar yetarli. Kimdir hisobotni 2002 yil, yana bir guruh 2010 yil yoki 2017 yildan boshlaydi.

Tokio-2020

Tokio Olimpiadasi saralash turniri milliy futbolda boshlangan o‘zgarishlar davriga to‘g‘ri keladi. 23 yoshli futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi Tailandda tashkil etiladi. Unda O‘zbekiston olimpiya termasi serbiyalik Lyubinko Drulovich boshqaruvida 4-o‘rinni egallaydi. Bu olimpiya jamoasini xorijlik mutaxassisga topshirish borasida ilk tajriba bo‘ldi. Drulovich boshqaruvni Osiyo chempionati final bos­qichidan 1 yil oldin qo‘lga olgandi. Oddiy aytganda, u futbol federasiyasining muayyan rahbarlari taklifiga binoan keladi va boshqalar bilan ishlaydi. Bunda ham ma’lum noqulaylik bor edi. Qolaversa, terma jamoa tarkibi oldingidek, yulduzlarga to‘la emasdi. Har holda, biror yigit kichik JCHda tajriba orttirmagandi. Shunga qaramay, jamoada iqtidorli futbolchilar to‘planishgandi, baribir. Deylik, Hojiakbar Alijonov, Aziz G‘aniyev, Bobur Abduxoliqov, Oybek Bozorov... Biroq ulardagi iqtidor Olimpiada chiptasini yutish uchun yetarli bo‘lmadi. Bir qarashda, bu safar tizimli tayyorgarlik rejasi yo‘qligi pand bergandi. Har holda, Drulovich jamoa bilan atigi 1 yil ishlaydi. 23 yoshlilar o‘rtasidagi qit’a kubogi va Osiyo o‘yinlari-2018da olimpiya jamoasini tayyorlab borish emas, balki natija ko‘rsatishga e’tibor qaratilgandi. Xitoyda bo‘lgan Osiyo chempionatida natija ham qayd etiladi, Osiyo o‘yinlarida esa jamoamiz chorak finalda yana o‘sha J.Koreya termasiga yutqazadi. Yakunda futbolchilarning mag‘lubiyat uchun futbol federasiyasining o‘sha paytdagi prezidentidan rasman uzr so‘rashlariga to‘g‘ri keladi. Oddiy aytganda, futbolni rivojlantirishdan ko‘ra, shaxsiy ambisiyalar muhimroq edi...

Parij-2024

Agar kimdir O‘zbekiston olimpiya jamoa­larining muvaffaqiyatsizlik tarixini to‘liq o‘qishga erinsa, unda to‘g‘ridan-to‘g‘ri oxirgi siklda qaysi jihatlar boshqacha yo‘lga qo‘yilgani va natija nimalar evaziga kelgani haqida qisqacha ma’lumot taklif etaman.

1. Tizimli yondashuv

Hozirgi olimpiya  jamoasi 23 yoshlilar o‘rtasidagi OK-2024ga 4 yil davomida izchil tayyorgarlik ko‘rdi. U-23 toifasidagi OK-2022 va Osiyo o‘yin­larida aynan shu jamoa ishtirok etdi. Asosiysi, hech kim darhol g‘alaba qozonishni talab qilmadi. Asosiy vazifa tajriba orttirish edi. Shunga qaramay, natija ham chakki bo‘lmadi: qit’a kubogida 2-o‘rin va Osiyo o‘yinlarida 3-o‘rin.

2. Murabbiy

Bu jamoa tashkil topganidan buyon Temur Kapadze bosh murabbiy rolida ishlamoqda. Oldingi sikllar (masalan, 2010 yili) jamoani yaxshi bilgan va bir necha yil boshqargan murabbiyning so‘nggi pallada o‘z o‘rnini yo‘qotishi kuzatilgandi. Kapadze esa mantiqiy yakungacha yetdi va bu ham natija berdi.

3. Bazaviy klub

«Olimpik» klubi tashkil etilgan vaqt ushbu qaror atrofida ko‘p tanqidlar yangragandi. Deylik, loyiha 2000 yillar boshidagi «Paxtakor» bilan taqqoslandi, boshqa misollar ham keltirildi (masalan, Xitoy tajribasi). Amalda «Olimpik» boshqacha loyiha bo‘lib chiqdi. Uning ustuvor vazifasi bir avlodning barcha eng yaxshi futbolchilarini 1ta klub bayrog‘i ostida to‘plash emas, balki o‘z jamoalari zaxira o‘rindig‘ida o‘tirgan iqtidorli yigitlarni o‘yin amaliyoti bilan ta’minlash edi. Bu holat terma jamoada raqobatni yuzaga keltirish va chuqur rotasiya imkoniyatini yaratdi. Oldinlari aynan shu narsa yetishmagandi, deylik, 2007 yilda.

4. Futbolchilarni saralash

Tarkib shakllantirishdagi ob’ektivlikni alohida ta’kidlash joiz. Kimdir tarkibga kiritilmagani yoki nomunosib futbolchi olingani yuzasidan deyarli hech qanday e’tiroz yo‘q. Temur Kapadze «zayavka»da legionerlar uchun joy band qilib, ma’lum darajada tavakkalga qo‘l urdi, albatta. Muhimi, bu tavakkalchilik yakunda o‘zini oqladi. Shu o‘rinda alohida ta’kidlash kerakki, O‘FA rahbariyati J.Koreya va Avstraliya federasiyalaridan farqli o‘laroq, Yevropa klublarini futbolchilarni Osiyo kubogiga qo‘yib yuborish masalasida ko‘ndira oldi.

5. Format

Markazlashgan yaxlit turnirda o‘ynash «uy-safar» tizimida kurashishdan butunlay farq­lanadi. Bunda muayyan afzalliklar mavjud. Misol uchun, shunday murabbiylar borki, jamoani ma’lum bir o‘yinlar emas, balki uzoq davom etadigan turnirlarga yaxshiroq tayyorlashadi. To‘g‘ri, O‘zbekiston olimpiya jamoasi tarixida bu tizim bizga qarshi ishlagan holat ham bor. Temur Kapadze esa Osiyo kubogi va Osiyo o‘yinlaridagi natijalar bilan jamoani uzoq muddatli turnirga to‘g‘ri shaylantira olishini isbotladi. Shu tariqa bu borada ham mukammal muvofiqlik yuzaga keldi.

6. Taqvim

Aslida Olimpiada saralash turniri vazifasini o‘taydigan U-23 toifasidagi Osiyo kubogi yanvar oyida o‘tkazilishi kerak edi. Misol uchun, 2016 va 2020 yillarda xuddi shunday bo‘lgandi. Ammo bu safar turnir aprel - may oylarida, ya’ni Olimpiadaga qur’a tashlanganidan keyin o‘tkazildi. Bunga Xitoyning Osiyo chempionati-2023 mezbonlik huquqidan bosh tortgani sabab bo‘ldi. Oqibatda Qatar qit’a chempionatini 2023 yilning yozida emas, balki 2024 yilning yanvarida qabul qildi. Shu tariqa Olimpiadaga saralash vazifasini o‘tab beradigan U-23 toifasidagi Osiyo kubogi qoldirildi. Bu ham O‘zbekiston terma jamoasiga ma’lum darajada naf keltirdi. Har holda, yanvar futbolimiz uchun eng yaxshi oy emas. Aytgancha, 2028 yil taqvimiga kiritilgan U-23 toifasidagi Osiyo kubogi yana yanvar oyida bo‘ladi.

Xullas, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining muvaffaqiyat formulasi shunday ko‘rinish oldi. Qiziq, bu 2028 yili ham natija berarmikan...?

Alisher NIKIMBAYEV, «Futbolium»

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:56, 05.06.2024.
O'qildi: 1128 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.