Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Fernandesh nima uchun 8-raqam ostida o‘ynashini bilasizmi?

Fernandesh nima uchun 8-raqam ostida o‘ynashini bilasizmi?

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Brunu Fernandesh nega 8-raqam ostida o‘ynashini tushuntirdi.

"Milliy jamoada men muxlislik qilgan futbolchi bor edi: Joau Moutinyo. Ayniqsa, yoshligimda uning o‘yin uslubi va aql-zakovati uchun uni kuzatardim. Portugaliya terma jamoasida o‘ynashni boshlaganimda, u bilan birga o‘ynash menga nasib etdi. Bu zavq, haqiqiy imtiyoz edi.

Men bu raqamni birinchi marta Joau diskvalifikasiya qilinganida olgandim. Sakkizinchi raqam unga tegishli ekanligini va agar hech kim so‘ramasa, uni kimgadir bergan bo‘lishini bilardim. Shundan so‘ng, men o‘zim sakkizinchi raqam ostida o‘ynay olishim uchun Joau faoliyatini yakunlashini kutdim", - dedi Fernandesh UYEFA matbuot xizmatiga.

Brunu Fernandesh Portugaliya terma jamoasi safida 69ta o‘yin o‘tkazib, 23ta gol urgan.

Kiritildi: 15:43, 01.07.2024.
O'qildi: 2175 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик