Hujumchi Kilian Mbappe ilk bor “Real Madrid”ning kiyinish xonasiga tashrif buyurdi, u yerda fransiyalik futbolchi o‘z o‘rni bilan tanishdi.

Kilian Mbappening "Real"ga rasmiy taqdimoti "Santyago Bernabeu" stadionida bo‘lib o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, 3 iyun kuni Mbappe rasman "Real Madrid" futbolchisiga aylangan edi.
Shundan so‘ng OAVda fransiyalik hujumchining maoshi yiliga 30 million yevro va urilgan gollar uchun bonuslar bo‘lishi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.













