"Barselona" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan rafiqasi bilan Turkiyaga uchib ketdi. Safar sabablari hozircha ma’lum emas, deb xabar berdi Jijantes.
Avvalroq, asli turk bo‘lgan futbolchini "Fenerbaxche" o‘z safiga qo‘shib olish haqida jiddiy o‘ylayotgani xabar qilingandi. Uni Joze Mourinyo o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.