Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

World Boxing tarkibiga yana 5 ta davlat federasiyalari qo‘shildi

World Boxing tarkibiga yana 5 ta davlat federasiyalari qo‘shildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

World Boxing tashkiloti yana 5 ta milliy federasiyani tarkibiga qo‘shib olganini ma’lum qildi.

Xitoy Taypeyi, Pokiston, Butan, Fiji hamda Ekvador boks federasiyalari World Boxing tashkiloti a’zoligiga qabul qilindi. Shu tariqa tashkilotga a’zo davlatlar soni 42 taga yetdi.

“Men Xitoy Taypeyi, Pokiston, Butan, Fiji va Ekvadorni World Boxingga qo‘shilganidan xursandman va ularning har biri bilan Olimpiya boks harakatining markazida bo‘lishini ta’minlash uchun yaqindan hamkorlik qilishni intiqlik bilan kutmoqdaman. Xalqaro boks o‘zgarishlarga muhtoj. Ko‘plab milliy federasiyalar Olimpiya harakati doirasida boksning kelajagi bo‘lishini ta’minlashning yagona yo‘li World Boxingga qo‘shilish ekanini tushunmoqda”, dedi World Boxing prezidenti Boris van der Vorst.

XOQ tomonidan tan olinishi uchun esa tashkilot a’zolar soni uch mintaqadan kamida 50 ta davlatdan oshishi lozim.

Tashkilot yana tez orada yangi a’zolar qo‘shilishini ma’lum qilgan. Tashkilot XOQ tomonidan tan olinsa, a’zolar 2028 yilgi Los-Anjeles Olimpiadasida ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:50, 19.08.2024.
O'qildi: 569 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.